So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Akmal Mozgovoy: "Rossiya – tajriba orttirish uchun qulay raqib" Yangiliklar

Akmal Mozgovoy: "Rossiya – tajriba orttirish uchun qulay raqib"

O'zbekiston termasi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy ertangi bahs oldidan fikrlarini bildirdi.

- Rossiya bilan o'yindan nimalarni kutyapsiz?

- Rossiya yaxshi va tajriba orttirish uchun qulay raqib. Ertangi bahs qiyin o'tadi deb o'ylayman. Ammo murabbiyimiz ko'rsatmalariga amal qilib, ijobiy natijaga erishamiz va muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman.

- Srechko Katanec nazariy mashg'ulotlarda ko'proq Rossiyaning qaysi jihatlariga etibor qaratishni so'rayapti?

- U kishi raqib ko'p paslashmaligi, raqibni ortda qoldirishga etibor berishi va zarba yo'llashga tayanib o'ynashini aytdi. O'shanga qarab harakat qilamiz.

- Tojikiston-Rossiya o'yinida 0:0 qayd etilgani sizlarni hayron qoldirdimi? 

- Yo'q. Rossiyaning ayrim o'yinchilari bahsda qatnashmadi. Maydon ham suniy edi.

- Superliga yakunlari haqida fikringiz qanaqa? Ham ijobiy, ham salbiy bo'lsa kerak-a?

- Ha, aytganingizdek, ham ijobiy, ham salbiy. Kubokni yutganimizdan xursandmiz. Sal omadimiz kelmadi, harakat qilgandik. 

- Menimcha, "Neftchi" bilan uchrashuvni ko'p eslab yursangiz kerak...

- Ha. Unutishga harakat qildik, lekin qiyin. Hammasi o'z qo'limizda edi.

- Keyingi mavum ham "Nasaf"da qolib, bu yil amalga oshmagan rejani yakuniga etkazib qo'yasizmi?

- Xudo xohlasa, "Nasaf"da qolib, chempionlik uchun kurashamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика