So’nggi yangiliklar

15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  6 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  9

Akbar Usmonov: "Kuchli jamoalarga qarshi o'ynash bizning o'sishimizga sabab bo'ladi" Yangiliklar

Akbar Usmonov: "Kuchli jamoalarga qarshi o'ynash bizning o'sishimizga sabab bo'ladi"

Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi Xorvatiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdi.

Yig'in davomida uchta o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazildi. Mazkur yig'inni yakunlab yurtimizga qaytib kelishganidan so'ng terma jamoa etakchisi Akbar Usmonov fikrlariga quloq tutdik.

"Umuman olganda Xorvatiya shahri bizda iliq taassurot qoldirdi. Mazkur o'quv-yig'inimiz ham ajoyib o'tdi. Evropada tayyorgarlik baribir boshqacha bo'ladi. O'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvilaridagi xatolarimizdan to'g'ri xulosalar chiqardik. Ushbu xatolar ustida ko'proq mashg'ulotlarda ishlab, kamchiliklarni kamaytirgan holda Osiyo chempionati saralashiga yaxshi sport formada tashrif buyuramiz.

Franciya terma jamoasi reyting jihatidan yuqori o'rinlarda bo'lmasa-da, o'ziga yarasha kuchli, albatta. Ko'rindiki, terma jamoadagi barcha futzalchilar yuqori individual texnikaga ega. Ularga qarshi o'ynash ham maroqli bo'ldi. SHaxsan men uchun ham kuchli jamoalarga qarshi o'ynash yoqadi.

O'ylaymanki, biz mana shunday terma jamoalarga qarshi o'ynashimiz foydali. Kuchli raqiblarga qarshi o'ynab, xatolarni ko'rib olamiz, o'sish kuzatiladi.

Mavsumni deyarli yarmi o'tib bo'ldi. Hozircha to'purarlar orasida 1-o'rinda bormoqdaman. Bu esa yoqimli, albatta. Qolgan bahslarda ham gollar urib, jamoamga yordam bermoqchiman. "Lokomotiv" hozircha 3-o'ringa tushib qoldi. CHempionlik uchun oxirigacha kurashamiz va taslim bo'lmaymiz. SHaxsiy ko'rsakichlarimga kelsam, Xudo xohlasa, 65 taga yaqin gol urishni niyat qilganman", - deya so'zini yakunladi Usmonov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика