So’nggi yangiliklar

17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф". Таркиблар маълум  2 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:45Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:2 (матнли трансляция)  12 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  1 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  17 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  44 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  7

Akbar Ismatullaev: “Hatto mavsumlar oralig'ida ham bu qadar uzoq dam olmasdik...” Yangiliklar

Akbar Ismatullaev: “Hatto mavsumlar oralig'ida ham bu qadar uzoq dam olmasdik...”

Superliga restarti, 5 nafar o'zgarish haqida Bekobodning “Metallurg” jamoasi sardori Akbar Ismatullaevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Kuni kecha Superliga uchrashuvlarini o'tkazishga ruxsat berildi. Bu xabarni qanday kutib oldinglar?
- Superliga bahslarining boshlanishini eshitib, juda xursand bo'lib ketdik. Nimaga deganda futbolni juda sog'inib qolgandik. Ashaddiy futbol ishqibozlari bizdanda xursand bo'lishganligi aniq. Futbol tom manoda jahonda birinchi raqamli sport turi sanaladi.

- Nima deb o'ylaysiz futbolchilarga qayta tiklanib olish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?
- Endi futbolchilarning jismoniy holatini tiklab olishlari uchun kamida yigirma kuncha vaqt zarur. CHunki oradagi to'xtalish davri juda uzoq cho'zildi. Hatto mavsumlar oralig'ida ham biz bu qadar uzoq dam olmasdik. Yigirma-o'ttiz kundan keyin mashg'ulotlarni boshlab yuborardik. Koronavirus pandemiyasi sabab 64 kun uyda o'tirdik. To'g'ri, imkon darajasida jismoniy mashqlar bajarib turdik. Biroq bu baribir maydonda yugurish, to'p bilan ishlash o'rnini bosa olmaydi. Futbolchilarda jarohatlar kamroq bo'lishi uchun ham uch hafta mashg'ulotlarga ajratilganida yaxshi bo'lardi. Biroq vaqt tanqisligi sabab PFL ikki haftadan keyin Superliga restartini rejalashtiribdi, o'shangacha o'zimizga kelib olishga harakat qilamiz. Boshqa yo'l yo'q.



- O'yin vaqtida 3 emas 5 nafar futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi. Bu futbolchilar uchun qanchalik qulay?
- Aynan shu holatda jamoalarga beshta o'yinchini amalga oshirish imkoniyati berilgani qo'l keladi deb o'ylayman. To'g'risini aytganda hech bir futbolchi shuncha tanaffusdan keyin to'liq 90 daqiqa o'ynab berolmasa kerak. Beshta o'yinchi almashtirilishiga ijobiy qarayman.

- Navbatdagi uchrashuv “Lokomotiv”ga qarshi bo'ladi. Uchrashuvga tayyorgarlik boshlandimi?
- Mashg'ulotlarni davom ettirishga ruxsat berilganidan so'ng "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik. O'ylaymanki uchrashuv kunigacha asta-sekin formaga kirib olamiz. Raqibimiz juda kuchli va nomdor jamoa. Biroq biz muxlislarimiz uchun ijobiy natija qayd etishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.


Furqat Po'latov suhbatlashdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика