So’nggi yangiliklar

22:30АПЛ. Лондон дербисида "Тоттенхэм" ва "Челси" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  6 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  8 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  11 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  37 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  7 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  1 16:25Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси U-17 Жаҳон чемпионати илк турида ишлайди  2

Akbar Usmonov: "Futzalda o'yinlar muxlislarga qulay vaqtda bo'lishi muhim, guruhimizda teng kuchli jamoalar o'rin olgan" Yangiliklar

Akbar Usmonov: "Futzalda o'yinlar muxlislarga qulay vaqtda bo'lishi muhim, guruhimizda teng kuchli jamoalar o'rin olgan"

O'zbekiston Kubogi bahslarida bir qator yangi jamoalar ishtirok etmoqda.

O'zSQB jamoasi ilk bor professional miqyosda katta turnirda yurishini boshlaydi. Tarkibiga nomdor futzalchilarni jalb qilgan jamoa "D" guruhida "Lokomotiv", "Dinamo", "Nasaf" bilan to'qnash keladi. Ushbu uchrashuvlar oldidan yangi mavsumni O'zSQB tarkibida o'tkazadigan Akbar Usmonovga yuzlandik. 

- Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogiga tayyorgarlik qanday ketmoqda? Yangi jamoa bilan Kubok bahslaridan nimalarni kutyapsiz?

- Ayni paytda mashg'ulotlarni qizg'in ravishda olib bormoqdamiz. O'ylaymanki, O'zbekiston Kubogi qiziqarli kechadi. Ayniqsa, bizning guruhni aytgan bo'lardim. Sababi guruhimizda teng kuchli jamoalar joy olgan. 

- Yangi formatning qanday afzalliklari bor?

- Kubokning yangicha formatda o'tishi menga yoqdi. O'yinlarning ko'pligi va mamlakatimizning turli manzillarida o'tishi bilan avvalgilaridan ajralib turibdi. Bu muxlislarni ham quvontiradi. 

- O'zSQB tarkibida yana kimlarni ko'rishimiz mumkin?

- Jamoamizga xorijdan o'yinchilar kelishi kutilmoqda. Buning ustida ish olib borishyapti. Jamoada kim o'ynashidan qati nazar sog'lom raqobat va O'zbekiston futzalining o'sishi tarafdorimiz. 

- O'yinlarning vaqti avvalgilaridan farq qilmoqda. Bu esa muxlislarga qulaylik tug'dirishi shubhasiz. Futzalchi sifatida bunga munosabatingiz qanday? 

- O'yinlarning erta bo'lishiga qarshiman albatta. Bu borada sezilarli o'sishga erishilgani xursand qildi. Uchrashuvlarning muxlislarga qulay vaqtda o'tishi muhim. Tomoshabinlar sportning yarim bo'lagi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика