Akanji: "Balki bosh hakamni "Old Trafford" salobati bosgandir"
15 jan 2023 12:08
Yangiliklar
Akanji: "Balki bosh hakamni "Old Trafford" salobati bosgandir"
"Manchester Siti" futbolchisi Manuel Akanji derbida raqib jamoaning dastlabki golini inobatga olishganidan mamnun bo'lmadi.
"Brunu Fernandeshning golini inobatga olishgani kulgili bo'ldi. Reshford offsaydda edi, xatto oxirgi soniyagacha u to'pni to'sib turdi.
Reshford to'pga tegmaganligini tushunib turibman, biroq u to'p yonida 30 metr yugurdi. Bosh hakam bu vaziyatda boshqa futbolchilarning to'pga nisbatan solishtiruvini ko'rishi kerak edi. Balki unga "Old Trafford" salobati bosgandir", - dedi Akanji.
Fikrlar