So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  0 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  0 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  0 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  8 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  7 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  3 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  23 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Ajoyib futbol atmosferasi bo'ldi, durang uchun Dinamo muxlislaridan uzr so'rayman – Abramov durang va Samarqandga futbol qaytgani haqida Yangiliklar

Ajoyib futbol atmosferasi bo'ldi, durang uchun Dinamo muxlislaridan uzr so'rayman – Abramov durang va Samarqandga futbol qaytgani haqida

Superliga 12-turi doirasidagi Dinamo - Andijon uchrashuvidan keyin Vadim Abramov stadionni to'ldirgan minglab muxlislarga minnatdorchilik bildirib, durang uchun uzr so'radi.

- Afsuski g'alaba qozona olmadik, Samarqandda ajoyib futbol atmosferasini yaratgan muxlislardan uzr so'rashni istardim, bayramga yarasha natija bo'lmadi. Yutish kerak edi, ammo birinchi bo'limda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Ayniqsa, qarshi hujumlarda xavfli edik, ammo ikkinchi golni ura olmadik. Ikkinchi bo'limda esa Yagr yakkama-yakka vaziyatdan foydalanishda omad undan yuz o'girdi. Sen urmasang raqib uradi, deyishadi. SHunday bo'ldi. Adashmasam, yagona zarbasi golga aylandi. SHunaqasi bo'lib turadi. 

Bugungi o'yinda stadion to'ldi, ochilish marosimi edi, qolaversa Samarqandning bir qator taniqli tadbirkorlari shu erda ekanini ko'rdik. Bu jamoaga qo'shimcha bosim yuklamadimi?

- Ochilish bahsi o'yinchilarga biroz bosim yuklashi tabiiy, chunki odatdagi o'yinimizni to'liq o'yin davomida ko'rsata olmadik. SHunga qaramay, birinchi bo'limda vaziyatlar yarata oldik, ammo ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Samarqandlik muxlislar bugungi futbol bayramida g'alabaga haqli edilar. Stadion so'nggi daqiqagacha qo'llab-quvvatladi, o'yindan keyin olqishladi, demak o'yinimiz ularga qay darajada bo'lsa ham yoqqan bo'lsa kerak. Keyingi o'yinlarga ularni xursand qilishga intilamiz.

Ikkinchi davrada jamoa tarkibini kuchaytirish rejalaringiz bormi?

- Albatta, bunday rejalar bor. Yangi o'yinchilar bilan tarkibni kuchaytirishga umid qilamiz. Bunga nomzodlar ham bor. 

SHohruxbek Abdurahmonovni «Dinamo»ga qaytarish rejangiz bormi?

- Yo'q, biz boshqa klubga tegishli o'yinchilar haqida gapira olmaymiz. Uning «So'g'diyona» bilan shartnomasi bor.

Hisobda oldinda borayotganda g'alabani saqlab qolish uchun himoyaviy o'ynash rejangiz bormidi?

- Bunday reja bo'lganida ham tushunish kerak – bu g'alaba keltirishiga kafolat yo'q. Ayniqsa, bo'ydor o'yinchilarga ega, standartlarda yaxshi o'ynaydigan «Andijon»dek raqibga qarshi. Yarimhimoyada o'yinni nazorat qila olmadik, yigitlar tavakkal qilishga jurat qila olishmadi. SHu bois o'zgarishlar qildik. Tavakkal qilishdan qo'rqmaslik kerak. Men odatda futbol o'ynashdan qo'rqadigan o'yinchilarga etiroz bildiraman. Xato hammada bo'ladi, ammo futbol o'ynashdan qo'rqmaslik kerak. 

«So'g'diyona»ga qarshi keyingi o'yin? Muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика