Ahmedov: "Krasnodar" har bir uchrashuvda g'alaba qozonishi kerak"
02 may 2016 12:04
Yangiliklar
Ahmedov: "Krasnodar" har bir uchrashuvda g'alaba qozonishi kerak"
O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov "Anji"ga qarshi bo'lib o'tgan RFPLning 26-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Ajoyib o'yin ko'rsatdik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Uchrashuvning birinchi qismida raqib sifatli o'yin namoyish etdi. "Anji" futbolchilari charchab qolmagunicha pressing uyushtirishdi. Ikkinchi taymda o'z o'yinimizni ko'rsatdik. Omadimiz kelib gol urdik. Asosiysi - uch ochko ishlab oldik.
O'tgan yili vaziyat boshqacha edi. Bizda yangi futbolchilar paydo bo'ldi, uchrashuvlarga o'zgacha tayyorgarlik ko'ryapmiz va shu sababli o'yinimiz o'xshayapti. Aniq vazifa yo'q, ammo har bir uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak" - deydi Ahmedov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar