So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  13 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Ahmedov ham bor etiborini totalizatorga qaratishi mumkin edi" - D. Imomxo'jaev "Odil Junior" va "Aral Samali"ning kelajagi haqida gapirdi Yangiliklar

"Ahmedov ham bor etiborini totalizatorga qaratishi mumkin edi" - D. Imomxo'jaev "Odil Junior" va "Aral Samali"ning kelajagi haqida gapirdi

FIFA kunlari tufayli Superliga va Pro liga bahslarida kichik tanaffus yuzaga kelganiga qaramay, mamlakatimizda futbol to'xtab qolgani yo'q.

Ayni paytda 16 yoshgacha bo'lgan qizlar, 14 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda. Bundan tashqari futzal bo'yicha Oliy liga bahslarining yangi mavsumiga start berildi. SHu haqdagi savollar bilan O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaevga murojaat qildik.

— Tarixda ilk bor 16 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi. Ayni paytda 14 yoshgacha bo'lgan bolalar va futzal bo'yicha mamlakat chempionatlari ham davom etmoqda. Musobaqalar sonining ko'payishi O'zPFLga qay darajada qiyinchilik tug'diryapti? Xodimlar etishmovchiligi sezilayotgan bo'lsa kerak?

— Bu yil musobaqalar chindan ham ko'p. SHunga qaramay, biz xo'ja ko'rsin uchun turnir tashkil etishni istamaymiz. Jamoamiz dam olayotgani yo'q, hatto bayramlarda ham ishlaymiz va ulgurishga intilamiz. Qilayotgan ishimiz majburiyatdek emas, biz o'z harakatlarimiz mevasini ko'rishdan rohat olamiz. Boshqa tarafdan o'z kuchimizga ishonamiz. Bir necha frontni birdek olib borishga tayyormiz.  

— U-14 o'smirlar chempionatida ishtirok etgan jamoalar tarkibi qanday shakllantirildi? Pro liganing bazi jamoalarini ko'rmadik.

— Biz Pro liga uchun talablarni bosqichma-bosqich kuchaytirib boramiz. Ularga birdaniga Superliga talabini qo'yish — kunlik 20 kg tosh ko'tarib yurgan kishiga birdaniga 60 kg toshni berib qo'yishdek gap. SHuning uchun ham yil avvalida Pro liga klublari uchun faqatgina U-18 chempionati majburiyat sifatida belgilangan. Ayni vaqtda Pro liga jamoalari unda g'oliblik uchun kurash olib borayotgani bizni mamnun etadi. U-14 va U-16 chempionatlari esa Pro liganing davlat yoki davlat ulushi bor bo'lgan jamoalari uchungina majburiy, xususiy klublar uchun ixtiyoriy bo'lgan. Bu talabni moliyaviy etishmovchilik sabab “Aral samali” hamda “SHo'rtan” bajara olmadi, licenziyalash sarhisobida bu ularga qimmatga tushishi mumkin. “Yangier” xususiy klub, “Olimik” endi tashkil etilgan va ularda maktab hali shakllanib ulgurmagan. 

— “Odil Junior” haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Bu jamoaning respublika chempionatida qatnashishi katta klublarimizda norozilik tug'dirmadimi?
— Maktab haqida fikrim ijobiy, biz ularni uch yildan buyon kuzatib kelamiz. Bazilarga o'xshab Ahmedov ham Birinchi ligada klub ochib, bor etiborini totalizatorga qaratishi mumkin edi. Ammo u uy qurishni poydevordan boshladi. Bolalar ligalarida ishtirok etuvchi professional futbol klublari qoshidagi maktablar “Odil junior” haqida etarlicha tasavvurga ega, shuning uchun ularda etiroz bo'lmaydi. Savol tug'iladi: xususiy maktablar ko'p, nega aynan Ahmedov maktabi? CHunki har bir maktab uchun belgilab berilgan minimal talablar bor, “Odil junior” shunga javob beradi. Qatar yoki Yaponiya mehmon sifatida Lotin Amerika kuboklarida o'ynashi haqida bilasiz. Biz to'g'ri ishlayotgan maktabni rag'batlantirish uchun xuddi shunday mehmon sifatida loyihamizga taklif qildik.

— “Odil Junior” bilan yaqindan tanishdingiz. Bu loyihaning kelajagi bormi?

— Hammasi uning egalari va ular qo'yayotgan maqsadga bog'liq. Ahmedov futbolchi sifatida doim oldinga intilgan va biror ishni og'irligi uchungina tashlab ketmagan. Yo'qsa u O'zbekistonda to'p surayotgan vaqtidayoq “Bunyodkor” libosini kiyishi mumkin edi. Aynan o'sha sadoqati uni katta futbolchiga aylanishida muhim omil bo'lgan. Ishonamizki, futboldan keyin ham uning principlari shunday bo'lib qoladi. Ko'pi ketdi, ozi qoldi, tez orada uning maktabidan chiqayotgan o'smirlar o'zining ilk professional shartnomalarini imzolaydi va maktab tom manoda moliyaviy mevaga kiradi. 

Biz Ahmedov bilan kelasi yil U-18 chempionatida, 2023 yildan boshlab esa Birinchi ligada ishtirok etish masalasida gaplashganmiz. Ikki taraf ham barchasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi istagida ekani yoqimli. Bu hamkorlikni kelajakda OFK darajasiga olib chiqishimiz va albatta maktabni konfederaciya talablariga javob beruvchi yulduzchali akademiyaga aylantirishimiz kerak. Mazkur loyiha hammasini katta klub ochishdan boshlaydiganlar uchun namuna bo'lishidan O'zPFL manfaatdor. Biz to'g'ri yo'nalishni nafaqat ko'rsatishimiz, balki undan jonli misol keltira olishimiz muhim.   

— 16 yoshgacha bo'lgan qizlar va 14 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida o'tayotgan chempionatni kuzatib, ishtirokchilarda kayfiyat juda yuqoriligini ko'rdik. Bunday turnirlarning keng qamrovda o'tkazilishidan faqat futbol yutadi. Rejada boshqa yosh toifalaridagi mamlakat birinchiliklarini ham shunday miqyosda o'tkazish bormi?

— Yuqorida aytganimdek, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bizda bu yil U-21, U-18, U-16, U-14 chempionatlari bor. 2022 yildan boshlab ular qatoriga U-12 va U-10 qo'shiladi. 2023 yildan boshlab esa bosqichma-bosqich toq yo'nalishlarga o'tiladi: U-17, U15, U-13, U-11. Biz oldindagi uch yil ichida barcha klublar zaxirasini to'laqonli ko'rinishga keltiramiz. Klublar davlatdan olayotgan bor pulini o'sishdan umidi qolmagan 35 yoshlilarga emas, avvalo kelajagiga investiciya ko'rinishida sarflaydi, qolganiga yoki o'zi ishlab topganiga asosiy tarkibini tashkil qiladi. SHu orqali biz eskilik sarqiti bo'lgan avvalgi qarashlarni uch yil ichida to'laqonli yo'qotishni istaymiz. Bugungi kunda futbol ichidagilardan kim bizga qarshi bo'lsa, ular aynan shu principdan xavotirga tushayotgan kishilardir. Davlat futbolga pulni eb bitirish uchun emas, uni rivojlantirish uchun beradi, buning qadriga etish kerak. SHukrki, principlarimiz qatiy va ochkoko'zlarga hozircha kuchimiz ham, aqlimiz etadi.  

— Prezident etibor qaratganidan keyin bazilar Nukusda yangi grand paydo bo'lishini kutgandi. Oxirgi xabarlarni bilasiz. Sizningcha, bu jamoaning kelajagi qanday bo'ladi?

— Bu jamoaning baquvvat homiysi bo'lmas ekan, yorqin kelajakni tasavvur qilish qiyin. 15 yillar avval Qashqadaryo yoki Toshkentda uch-to'rttalab grand loyihalarga start berilgan, Xorazm yoki Qoraqalpog'iston esa etibordan chetda qolavergan. O'sha vaqtdayoq 14 hududiy birlikka futbol nazaridan bir xil etibor berilganida edi, hozir hammasi boshqacha bo'lardi. Biz yo hammani bir xil ko'rishimiz yoki hammani o'z holiga tashlab qo'yishimiz kerak. Ishonamanki, yaqin yillar ichida bu masala eng katta doirada qayta ko'rib chiqiladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика