

Penalti tepishga yaqinlashgan shaharliklar hujumchisi Serxio Agueroning zarbasini fransiyalik posbon Ugo Loris qaytaradi. Aytish joizki, Loris joriy mavsumda darvozasi tomon belgilangan uchinchi penaltini qaytardi. Avvalroq, u Lester va Arsenalga qarshi o'yinlarda ham 11 metrlik nuqtadan gol o'tkazib yubormagandi.



