So’nggi yangiliklar

14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  8 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1

AGMKning safardagi omadsizligi yana Andijonda tugaydimi? Yangiliklar

AGMKning safardagi omadsizligi yana Andijonda tugaydimi?

Teglar :  AndijonAGMK
Bugun Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Andijon" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.

2008 yildan elitada ishtirok eta boshlagan AGMK andijonliklarga qarshi 16 marta maydonga tushgan. Umumiy statistika bo'yicha 18 o'yindan 9tasida AGMK g'alaba qozongan, 3 o'yinda durang qayd etilgan va yana 4 o'yinda "Andijon" g'alabaga erishgan. To'plar nisbati - 28:19.

AGMK o'z maydonida o'tkazgan 8 o'yindan 6tasida g'alaba qozongan va 2 bahs 0:0 hisobida yakun topgan. To'plar nisbati - 16:8.

Andijonda o'tgan o'yinlarda esa AGMK 3 marta g'alaba qozongan, 1 o'yinda 1:1 qayd etilgan va 4 uchrashuvda mezbonlar zafar quchishgan. To'plar nisbati - 12:11 AGMK foydasiga.
O'zaro o'yinlar statistikasida AGMK so'nggi 8 o'yinda andijonliklarga mag'lub bo'lmagan. Vodiy jamoasi oxirgi marta 2011 yil 5 avgustda 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

Har ikki jamoa tarkibida maydonga tushgan futbolchilar borasida so'z yuritadigan bo'lsak, AGMK tarkibida bugun maydonga tushishi mumkin bo'lgan Akmal SHorahmedov va Dilshod Jo'raev futbolchilik faoliyati davomida "Andijon" sharafini ham himoya etgan.

"Andijon"ning bu mavsumdagi tarkibidan Akmal Ortiqov, Oybek Qilichev, Ro'zimboy Ahmedov, Dilshod Rahmatullaev va Doniyor Ismoilovlar turli yillarda AGMK sharafini himoya qilgan.

Mavsum avvalida safar uchrashuvlarida mag'lubiyatlar seriyasi jamoa tarixida 2008 hamda 2016 yillarda uzoq davom etganligini yuqorida keltirdik. Jamoaning eng uzun mag'lubiyat seriyasi 2016 yilda 6 o'yindan iborat bo'lgan. 2008 yilda xuddi 2019dagi kabi 5 o'yinda AGMK hatto durangga ham erishmagan. Mana shu noxush seriyaning avvalgi har ikki mavsumda to'xtatilishi Andijonda ro'y bergan ekan. 2008 yil ketma-ket 5 mag'lubiyatdan so'ng, "O'zDongJu" bilan 0:0 hisobida durang qayd etilgan. 2016 yilda esa 6 mag'lubiyatdan so'ng safarda "Andijon" 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratilgan. Taqdirni qarangki, bu gal ham AGMK ketma-ket 5 mag'lubiyatdan so'ng, navbatdagi safar o'yinini Andijonda o'tkazadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика