So’nggi yangiliklar

00:08ЕЧЛ. "Боруссия Д" ярим финалнинг дастлабки баҳсида ПСЖни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  10 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  0 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  2 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  9 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  2 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  2 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   3 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  5 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4

"AGMKda zaxirada qolsamda, kurashish va raqobatlashishdan to'xtaganim yo'q" - Botirali Ergashev Yangiliklar

"AGMKda zaxirada qolsamda, kurashish va raqobatlashishdan to'xtaganim yo'q" - Botirali Ergashev

Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi AGMK jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni BAAda davom ettirmoqda.

Klub tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilish bilan bir qatorda, o'tgan mavsumda to'p tepgan aksariyat o'yinchilar bilan shartnomani uzaytirdi. Ulardan biri - Botirali Ergashevdir. 2021 yil ko'p hollarda zaxirada qolgan darvozabon bu mavsumda ham AGMK sharafini himoya qilishda davom etadi. Bu borada uning o'zi quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi. 

- Avvalgi mavsumdan qanday taassurotlar qoldi? 

- So'nggi ikki mavsum  katta tajriba bo'ldi. To'g'ri xulosalarni chiqardim. AGMK uchun esa o'tgan yil bundan ham yaxshi o'tishi mumkin edi. Hammasi o'z qo'limizda qolgandi. SHunday bo'lsada, bronza medallariga ega chiqdik. 

- Ko'p hollarda zaxirada qolganingizga qaramay AGMK bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildingiz. Bu taklif klubdan chiqdimi yoki boshqa jamoaga o'tish istagi ham bormidi?

- To'g'ri ko'p hollarda uchrashuvni zaxirada kuzatishimga to'g'ri keldi. Biroq kurashish va raqobatlashishdan to'xtaganim yo'q. Klubda qolib ishlashni istadim. Rahbariyat ham shuni maqul ko'rdi. 

- "Dinamo", "Qo'qon-1912", AGMK. Yildan-yilga oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan jamoalarga o'tmoqdasiz. Bu borada o'zingizda o'sish sezdingizmi?

- Albatta. Klubning oldiga qo'ygan maqsadi qanchalik yuqori bo'lsa, natija ham shunga yarasha ko'rinish oladi. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Bu albatta foydamizga ishlaydi. 

- 2018 yilgi Osiyo chempionatidan so'ng ko'p futbolchilar legionerga aylandi. Ularni yo'qotib qo'ymaymizmi, degan xavotir bor edi. Sizda ham shunday imkoniyat yuzaga kelganmidi?

- Ha, fikringizga qo'shilaman. 2018 yil Xitoydagi Osiyo chempionati hammamiz uchun foyda keltirdi. Qo'shimcha motivaciya oldik. O'ylaymanki, ortiqcha hadikka o'rin yo'q. Legionerga aylanishga kelsak, har bir futbolchi xorijda o'ynashni, top klublarda to'p tepishni istaydi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. 

- 2021 yilning eng yaxshi 3ta darvozabonini ayta olasizmi?

- Mening fikrimcha, O'tkir Yusupov, Valijon Rahimov va Umidjon Ergashev. 

- 2 mart sanasidan start oladigan Superliga bahslariga hozirlik qanday ketyapti?

- Barchasi rejadagidek ketmoqda. Xudo xohlasa chempionlik uchun kurashamiz. O'tgan mavsumdagi natijamizni yanada yaxshilash uchun astoydil harakat qilamiz, deb ayta olaman. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика