So’nggi yangiliklar

09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  0 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  1 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  1 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  13 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  8 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  86 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6

AGMK yoshlar jamoasi bugun Birinchilik g'olibligini rasmiylashtirishi mumkin Yangiliklar

AGMK yoshlar jamoasi bugun Birinchilik g'olibligini rasmiylashtirishi mumkin

Teglar :  AGMK
Azam SHerg'oziev boshchiligidagi AGMK (U21) jamoasi bugun 21-tur doirasida "Bunyodkor" (U21) bilan o'ynaydi.

 Bu o'yindagi ehtimoliy g'alaba jamoani Yoshlar Birinchiligi g'olibiga aylantirishi mumkin.

Buning uchun parallel ravishda bo'ladigan Muborakdagi "Mashal" (U21) - "Nasaf" (U21) uchrashuvida mezbonlar yutqazmasligi talab etiladi. Agarda bugun AGMK (U21) jamoasi g'alabani tantana qilib, "Mashal" (U21) o'z o'yinida mag'lubiyatga uchramasa, unda olmaliqlik yoshlar muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtiradi.

AGMK futbol klubi tarixida hali yoshlar jamoasi Birinchilik g'olibiga aylanmagan va joriy mavsum ushbu tarixiy voqea yuz berishga juda yaqin.

AGMK futbol jamoasi har yili yuksalish va rivojlanish yo'lida turli g'alabalar va tarixiy natijalar qayd etayotgani bejizga emas. CHunki to'g'ri yo'lga qo'yilgan klubning ichki siyosati va pastki bo'g'inga qaratilayotgan etibor natijasi o'z mevasini berish jarayonida. Bu esa bosqichma-bosqich jamoani butkul yangi darajaga chiqishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Azam SHerg'oziev boshchiligidagi AGMK (U21) jamoasi yil davomida katta ko'lamdagi ishlarni bajarib, hozirgacha o'tkazilgan 20 o'yindan 15tasini g'alaba bilan yakunlagan. Bugungi "Bunyodkor" (U21) bilan bo'ladigan bahsda qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy 16-g'alaba ularni chempionlik sari etaklashi mumkin.

Yoshlar Birinchiligi, 21-tur.

1 oktyabr, juma.

"Bunyodkor" (U21) - AGMK (U21) (16:30)

"Bunyodkor" akademiyasi maydoni.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика