So’nggi yangiliklar

02:34Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" қийинчиликсиз ярим финалга йўл олди  10 02:10Финал: "Барселона" - "Реал" 1:1 (матнли трансляция)  87 00:38"Бавария" футболчисини 40-50 миллионга сотмоқчи  0 00:16Сиссе "Реал" ва ҳакамлар танқиди ҳақида: "Улар "Барса"дан қўрқишади ва ўзларини оқлаш учун баҳона қидиришади. Бу мағлубият учун тактикадир"  9 23:48"Барселона" — "Реал". Испания кубоги финали учун таркиблар маълум  22 23:32РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Спартак"ни мағлуб этди, Файзуллаев 72 дақиқа ўйнади  18 23:14Англия кубоги. "Кристал Пэлас" "Астон Вилла"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, финалга йўл олди. Лондонликлар финалда "Ноттингем Форест" — "Ман Сити" жуфтлиги ғолиби билан бош соврин учун баҳс олиб боради  5 23:00Рафинья Саудия Арабистонидан келган таклиф ҳақида: "Мен уни ўтган йили қабул қилган бўлардим. Ўшанда руҳан эзилган эдим, бу пуллар эса оилам ҳаётини бутунлай ўзгартириб юборган бўларди"  2 22:23Ҳаким Фузайлов: "VAR тизими кечикаётгани туфайли, тахминан июнь ойларида Урганчга қайтамиз"  0 22:14Суперлига. "Сўғдиёна" ўз майдонида "Андижон" устидан зафар қучди  58 22:02"Челси", "Интер Майами" ва "Комо" Де Брюйне билан музокара ўтказмаяпти. "Сити" хавбекига "Чикаго Файр"дан таклиф бор  0 21:40Сергей Лебедев: "Таркибда ротацияларни амалга ошириб турамиз"  2 21:31Эрон кубоги. "Истиқлол" пенальтидан урилган гол эвазига "Пайкон"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди, Машарипов 90 дақиқа ўйнади  1 21:24Айбек Нурбаев: "Тақвим зич, 7 кундан буён сафардамиз"  2 21:00Суперлига. Ўз уйида меҳмон бўлган "Сурхон" "Машъал" билан дуранг ўйнади  13

AGMK va “Qizilqum”ga hakam yonbosdimi? Superliganing 10 va 11-turlaridagi bahsli qarorlarni rossiyalik ekspert tahlil qildi Yangiliklar

AGMK va “Qizilqum”ga hakam yonbosdimi? Superliganing 10 va 11-turlaridagi bahsli qarorlarni rossiyalik ekspert tahlil qildi

“Championat.Asia” Superliga o'yinlaridagi hakamlarning bahsli qarorlarini muhokama qilishda davom etmoqda.

Bizning ekspertimiz, rossiyalik sobiq hakam Ilya Oblomov o'zining “Alyo, ref!” Telegram kanalida O'zbekiston chempionatining 10 va 11-turlari sodir bo'lgan bahsli vaziyatlarni o'rganib chiqdi.


#1 vaziyat. "Neftchi" - "Metallurg" uchrashuvi




“Metallurg” o'yinchisi havodagi kurashdan so'ng to'pni egallab oldi hamda o'yindan tashqari holatda bo'lgan jamoadoshiga uzatma amalga oshirdi. SHunga qaramasdan, to'pni qabul qilib olgan futbolchi darvoza tomon zarba berib, gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'sha vaziyatda “Metallurg” futbolchisi tomonidan uzatma amalga oshirilayotganida “Neftchi” himoyachisi o'z vaqtida unga qarshi chiqa olmadi va qarshisidan kelayotgan raqibiga borib urildi.

Pas bergan futbolchining sherigi o'yindan tashqari holatda bo'lgani uchun "Metallurg" foydasiga qaror qabul qilinmadi. Biroq pas bergan o'yinchiga nisbatan qo'pollik ishlatilgani uchun "Neftchi" o'yinchisiga QIZIL kartochka ko'rsatilishi hamda jarima zarbasi berilishi kerak, chunki qoidabuzarlik amalga oshirilmagan taqdirda, bekobodliklar hujumchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. VAR ushbu vaziyatga aralashishi kerak edi.


#2 vaziyat. "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvi




Ushbu vaziyat hakamlar uchun murakkab emasdi. “Qizilqum” futbolchisi uzatma amalga oshirilayotgan vaqtda “Surxon”ning so'nggi himoyachisidan ko'ra darvozaga yaqinroqda joylashgandi. VAR mavjud bo'lgan taqdirda ham hujumni davom ettirish va epizodni yakunlab qo'yish lozim edi, agarda keyingi vaziyatda gol urilsa, u holda o'yindan tashqari holat qayd etilardi. VAR ushbu vaziyatga aralashishii hamda golni bekor qilishi kerak edi.


#3 vaziyat. "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvi




Videoni kuzatish orqali "Surxon" futbolchisining nima norozi ekanligini tamomila tushunish qiyin, chunki yon hakam chetlatilgan futbolchining jamoasi foydasiga aut ko'rsatgan. To'xtalish vaqtida hakamlar brigadasi unga sportga xos bo'lmagan harakati uchun sariq kartochkani to'g'ri ko'rsatdi.

Videodan ko'rinib turibdiki, futbolchi ogohlantirishdan keyin tinchlanmay, o'z noroziligini bildirishda davom etmoqda. Menimcha, haqorat so'zlari aytildi, shu bois sariq kartochkadan so'ng darhol qizil kartochka ko'rsatildi. Uchrashuv protokolida ushbu epizod haqida nima deyilganini ko'zdan kechirish kerak.


#4 vaziyat. "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi




Darvozaga zarba berilgan vaqtda “Lokomotiv” futbolchisi zarba yo'lini to'sishga harakat qilgan. To'p videoda yaxshi ko'rinmagan o'yinchining old gavdasi tarafga yo'naltirilgani bois to'p tananing qaysi qismiga tekkanini aniq aytib bo'lmaydi. To'p o'yinchining ko'kragiga tekkan bo'lishi mumkin. Ammo ushbu vaziyatda yiqilayotgan futbolchining chap qo'li tabiiy holatda tanaga yopishgandi, o'ng qo'li esa tayanch vazifasida edi, bu esa jazolanmaydi. O'yin davom etishi kerak.


#5 vaziyat. "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi




VAR uchun nozik vaziyat. Birinchidan, ikkita o'yinchi ("Paxtakor" hujumchisi va "Lokomotiv" himoyachisi) to'pdan ko'ra darvozaga yaqinroq bo'lgani uchun o'yindan tashqari holat futbolchilarga qarab aniqlanadi. Qanotdan to'p uzatilayotgan, unga dastlabki harakat amalga oshirilayotgan paytda "Loko" himoyachisi, katta ehtimol bilan, hujumchini to'liq to'sib qo'ydi. SHunday ekan, ofsayd holati mavjud emas.

O'yinda VAR yo'q bo'lsa, hujum jarayonida bunday daqiqalarni "qo'yib yuborish" odat tusiga kirgan. O'yin davom etishi kerak. Agar VAR mavjud bo'lsa, yordamchilar epizodni tekshiradilar hamda ofsayd holati kuzatilsa, vaziyatga aralashadilar. Har holda yon hakam hujum yakunlanguncha bayroqchasini ko'tarmasligi va vaziyat yakuniga etgandan keyin qaror qabul qilishi kerak.


#6 vaziyat. "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi




“Nasaf” futbolchisi raqibning futbolkasi va tanasidan ushlagan holda to'xtatib qoldi. “Bunyodkor” futbolchisi raqibning orqa tomonida ekanligini anglab, to'p uchun kurashmadi va qo'lini silkitib tashladi. Natijada “Nasaf” futbolchisining yuziga tirsagi bilan zarba beradi. Agar bosh hakam futbolchining harakatlarida g'arazli niyatni payqasa, unga qizil kartochka ko'rsatishi kerak.


#7 vaziyat.  "So'g'diyona" - "Qo'qon" uchrashuvi




Zarbadan so'ng “Qo'qon” futbolchisi inerciya holatida oldinga harakat qilishda davom etgan bo'lsa, “So'g'diyona” futbolchisi podkat orqali zarba yo'lini to'sishga harakat qildi. Keyinchalik bir vaqtning o'zida ular oyoqlari bilan bir-biriga to'qnashib ketdi.

Bu tabiiy holatdir. “So'g'diyona” futbolchisining harakatlari o'ylamasdan yoki ehtiyotsizlik oqibatida amalga oshirilmadi, unda bunday niyat, ortiqcha kuch ishlatish hamda haddan tashqari jadallik yo'q edi. To'g'ri qaror - o'yinni davom ettirish.


#8 vaziyat. "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi




“Navbahor” futbolchisi to'p bilan raqib darvozasi tomon harakat qila boshladi. “Lokomotiv” himoyachisi to'p uchun kurashga kechikdi hamda raqibni chalib yiqitdi va shu orqali xavfli hujumni to'xtatdi.

Qoida buzilishi jarima maydonchasi oldida sodir bo'ldi, chunki qo'pollik paytida "Lokomotiv" himoyachisining oyoqlari jarima maydonidan tashqarida edi. Qo'pollik oyoq orqali sodir etildi, hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


#9 vaziyat. AGMK - "Neftchi" uchrashuvi




AGMK o'yinchisi darvozaga zarba yo'lladi, darvozabon to'pni qaytargach, vaziyatga yaqinroq turgan ikki o'yinchi kurashga kirishdi. “Neftchi” himoyachisi biroz oldinroqda edi, ammo AGMK forvardi ham to'pga etib borishga harakat qildi. Himoyachi to'pni qaytaraman deb, uni o'z darvozasiga joylab qo'ydi.

“Neftchi” himoyachisi to'pni tepayotgan paytda raqib hujumchisi uni turtmadi, oyoq orqali qoidabuzarlik ishlatmadi. Himoyachi to'pni o'z darvozasi tomon tepgandan so'ng, qo'l orqali kichik xalaqit berish holati kuzatiladi, biroq bu tabiiy hol va to'p uchun kurash sababli sodir bo'lgandi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


#10 vaziyat. "Qo'qon" - "Qizilqum"




Ushbu epizodni uch qismga bo'lish mumkin.

Birinchidan, burchak to'pi amalga oshirilmoqda, bir vaqtning o'zida uch o'yinchi: ikki qo'qonlik va bir nafar "Qizilqum" futbolchisi havodagi to'p uchun kurash olib boradi. Uchala o'yinchi ham yuqoriga sakradi. Sakrash vaqtida "Qizilqum" futbolchisining qo'llari beixtiyor raqib o'yinchisining orqa tomoniga tegadi, ammo atayin raqibga teginish holati kuzatilmagan. SHuning uchun, bu erda poziciya uchun odatiy kurash kechmoqda.

Ikkinchidan, to'p beixtiyor ravishda “Qizilqum” futbolchisining qo'liga tegdi, shundan so'ng darvoza to'ridan o'rin oldi. Ushbu qo'l harakati qoidabuzarlik sanaladi, garchi u tabiiy holatda bo'lsa ham, chunki bu vaziyatda hujumchining qo'ligi tekkan to'p darvoza tomon yo'nalish oldi.

Uchinchidan, to'p darvoza chizig'ini kesib o'tdi, bosh hakam imo-ishora haraktidan tashqari, hushtagini ham chaldi.

Bu vaziyatga VAR aralashishi hamda golni bekor qilishi kerak edi.


#11 vaziyat. "Qo'qon" - "Qizilqum"




“Qo'qon” futbolchisi to'pni egallab olib, to'p yo'nalishini burchak tarafga yo'naltiradi. “Qizilqum” futbolchisi podkat tashlab, to'pga etolmadi va oyog'ini tortib qolishga harakat qildi. “Qo'qon” hujumchisi chap oyog'ini oldinga tashladi (raqib ustidan sakrab o'tmoqchi bo'lgandek harakatni amalga oshirdi) va erga yiqildi.

“Qizilqum” himoyachisi kurashdan voz kechib, oyog'ini olib qochdi. Qo'qonlik futbolchi hakamni chalg'itib, penalti ishlashga urindi. Bu vaziyatda simulyaciya uchun hujumchini ogohlantirish hamda erkin zarba belgilanishi lozim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика