So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  44 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

AGMK tanlovi - halol o'yin yoxud Bekoboddagi uchrashuv sharhi Yangiliklar

AGMK tanlovi - halol o'yin yoxud Bekoboddagi uchrashuv sharhi

AGMK uchun Superliganing ikkinchi davrasidagi ilk bahs Bekobodda "Metallurg"ga qarshi kechdi.

Mazkur jamoalarning birinchi davradagi Olmaliqda kechgan bellashuvida g'olib nomi aniqlanmagandi. Bekoboddagi javob bahsida esa o'yin taqdiri kutilmagan qarorlar tufayli tubdan o'zgarib ketdi.

Uchrashuvga keladigan bo'lsak, birinchi bo'limda mezbonlar nisbatan faolroq o'ynashdi va asosan standart vaziyatlari orqali AGMK darvozasi oldida xavf solishdi. AGMK esa tanaffusga qadar ikkita yaxshi va keskin hujum tashkil etishga erishdi. Biroq Jasur Hakimov bir vaziyatda mo'ljalni aniq ko'zlay olmagan bo'lsa, Grigalashvili jonbozligi tufayli sodir etilgan hujumni SHorahmedov ko'ngildagidek rivojlantira olmadi va hujum nihoyasiga etmay qoldi.

"Metallurg" esa uchrashuvning 31-daqiqasida ishlangan jarima zarbasidan naf chiqardi. Islom Isoqjonovning oshirgan to'pini chiziq ustidan Abbos Otaxonov markazda turgan jamoadoshi SHavkat Mullajonov tomon uzatdi. "Metallurg"ning tajribali himoyachisi Mullajonov esa Sultonovning to'pga chiqqani, lekin mazkur holatda darvozabon xatoga yo'l qo'yishi natijasida bo'sh qolgan darvozani ortiqcha qiyinchilik ishg'ol etdi - 1:0.

SHundan so'ng AGMK futbolchilari ancha faollashishdi, biroq tanaffusga qadar muvozanatni tiklashning imkoni bo'lmadi.

Ikkinchi taymni esa AGMK zaxira o'zgarishi bilan boshladi. Qosimov tomonidan o'yinga tashlangan Zafar Polvonov Jasur Hakimovni almashtirdi. Buning natijasida ikkinchi bo'lim AGMK tashabbusi va ustunligi ostida o'tdi. Xususan uchrashuvning 65-daqiqasida Sanat SHixov va SHorahmedovning o'ng qanotdagi faolligi samara keltirdi. SHixov o'z qanotida himoyachi Andreevni dog'da qoldirgan bo'lsa, SHorahmedov kerak paytda to'pni jarima maydonchasi tomon oshirdi. Raqib darvozasi hududi atrofida turgan to'purar hujumchi Zafar Polvonov esa to'pga to'g'ri zarba berish natijasida bahsda muvozanatni tikladi - 1:1.

SHundan so'ng AGMK hujumga zo'r berdi. Xususan uchrashuvning 71-daqiqasida SHixovning raqib darvozasi tomon boshlagan yurishini himoyachi Abbos Otaxonov qoidani buzgan ravishda to'xtatib qoldi. Biroq shu kuni o'yinda hakamlik qilgan SHavkat Nasibullaev yaqqol qoidabuzarlikni ko'rmadi.



Oradan 4 daqiqa o'tgach esa Nasibullaev AGMK jarima maydonchasi ichida yiqilib bergan Isoqjonovning sanatiga ishondi. Natijada hech qanday kontakt bo'lmagan to'qnashuvda Bobur Yuldoshev qoida buzgani qayd etilib, AGMK darvozasi tomon "nuqta", yani 11-metrlik jarima zarbasi belgilandi.



"Nuqta"dan esa raqib hujumchisi Bahodir Pardaev adashmadi. Garchi darvozabon Sultonov to'p yo'nalishini topgan bo'lsada zarba yo'liga gov bo'lmadi.

Bosh hakam SHavkat Nasibullaevning qarorlariga haqli etiroz bildirgan jamoa ustozi Mirjalol Qosimov yangi qoidaga ko'ra boshlangan ikkinchi davraning dastlabki o'yinidayoq qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

SHundan keyin ham AGMKda muvozanatni qayta tiklash uchun imkoniyat va vaziyatlar tug'ildi. Biroq Elguja Grigalashvilining zarbasi bir bor to'singa tekkan bo'lsa, ikkinchi vaziyatda darvozabon ishonchli o'ynadi.

SHu tariqa Superliganing ikkinchi davrasidagi ilk uchrashuvda AGMK Bekobodda mag'lubiyatga uchradi. SHavkat Nasibullaev esa Sanatning yiqilishiga ishonmay, raqib futbolchisining sanatiga aldandi. Natijada uning mazkur xato qarorlari olmaliqliklar zarariga ishladi.

Mazkur o'yindagi mag'lubiyatdan keyin AGMK turnir jadvalida 12 ochko to'plagan holda 11-o'rinni band etib turibdi. Kelgusi turda AGMK Olmaliqda "Andijon"ni mehmon qiladi.

Joriy haftada "Halol o'yin" shiori ostida o'tkazilayotgan akciya trendga chiqdi. AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa sardori Akmal SHorahmedov suratga tushgan mazkur "Halol o'yin" shiorli akciyani AGMK futbol klubi to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Bizning tanlov shubhasiz halol o'yin. AGMK halol o'yin tarafdori va boshqalarni ham mazkur shiorga amal qilishini talab qiladi.

AGMK tanlovi - Halol o'yin!



Superliga, 14-tur.
"Metallurg" — AGMK 2:1
27 iyul, "Metallurg" stadioni.
Gollar
: Mullajonov (31, assist: Otaxonov), Pardaev (78, penaltidan) - Polvonov (64, assist: SHorahmedov).
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Ravil SHoyaxmitov, Timur Galeev, I. Ismoilov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика