So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

AGMK jamoasining Superliga-2019dagi statistikasi Yangiliklar

AGMK jamoasining Superliga-2019dagi statistikasi

Mavsum yakunlariga bag'ishlangan statistik malumotlar bilan tanishtirib o'tamiz. Dastlab AGMK jamoasi safida joriy mavsum Superligada maydonga tushgan futbolchilarga etibor qaratamiz.

Mavsum davomida Mirjalol Qosimov jamoamizning ko'plab futbolchilari qatorida ko'plab iqtidorli yoshlarga ham imkoniyat yaratdi. Superligadagi 26 o'yinda jamoamiz murabbiylar shtabi jami 31 futbolchi xizmatidan foydalandi.

Dilshod Jo'raev joriy mavsum Superligada jamoamiz tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazdi. Jo'raev faqatgina birgina bahsda maydonga tushmadi. Eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha ikkinchi pog'onani Saydullo Rahmatov egalladi. Rahmatov hisobida 22 o'yin mavjud. Joriy mavsum AGMK tarkibida Jasur Umarov, SHahboz Umarov, Kamron Saydazimov, Nizomiddin Ziyovutdinov, Rasul Yo'ldoshev hamda Farhod Imomov kabi yoshlar ilk marotaba katta futbol havosidan Superligada nafas olishdi.

AGMK Superligada eng ko'p gol urish bo'yicha to'rtinchi ko'rsatkichni qayd etdi. Jamoamiz faqatgina turnir jadvalida yuqori uchlikdan ko'ra kamrok gol kiritdi xolos. Urilgan 36ta golga 12 nafar futbolchilar mualliflik qilishdi. Eng ko'p gol tabiiyki jamoamizning asosiy forvardi Zafar Polvonov (15) hisobiga yozildi.

AGMK o'tkazilgan 26 o'yindan 9tasida g'alaba qozondi. Bu mavsumdagi 34,6% o'yinlar g'alaba bilan yakunlanganidan dalolat. SHuningdek 5 o'yin durang bilan, yani 19,2% uchrashuvlarda murosaga kelindi. 12 bahsda (46,2%) esa mag'lubiyat qayd etilgan. Jamoamiz ishtirokidagi 26 uchrashuvda jami 73 gol kiritildi. Har bir o'yinda o'rtacha 1,38dan gol urilgan bo'lsa, 1,42tadan to'p o'tkazib yuborilgan. 

AGMK asosan ikkinchi bo'limda ko'proq gol urgan. Kiritilgan gollarning 16tasi (44%) birinchi taymda, 20tasi (56%) esa tanaffusdan so'ng urilgan. O'tkazib yuborilgan gollar esa aksincha, yani birinchi bo'limda nisbatan ko'proqni tashkil qiladi. Birinchi taymda 51%, yani 19ta, ikkinchi taymda esa 49%, yani 18ta.

AGMK jamoasi Superliga-2019 mavsumini 8-o'rinda yakunladi. Bu o'tgan yilgi chempionat bilan solishtirganda, 2 pog'onaga ko'tarilishni anglatadi. SHuningdek, o'tgan mavsumda 12 jamoa ichidan o'ninchi bo'lgan jamoamiz, bu gal 14 jamoa ishtirok etgan Superligada sakkizinchi bo'ldi.


SHu orada AGMK jamoasining barcha mavsumlardagi ishtirokini qisqacha eslab o'tamiz:

2008 yilgi mavsum — 10-o'rin

2009 yilgi mavsum — 4-o'rin

2010 yilgi mavsum — 11-o'rin

2011 yilgi mavsum — 10-o'rin

2012 yilgi mavsum — 8-o'rin

2013 yilgi mavsum — 5-o'rin

2014 yilgi mavsum — 6-o'rin

2015 yilgi mavsum — 6-o'rin

2016 yilgi mavsum — 13-o'rin

2017 yilgi mavsum — 7-o'rin

2018 yilgi mavsum — 10-o'rin

2019 yilgi mavsum — 8-o'rin


AGMK O'zbekiston chempionatidagi 12-mavsumini o'tkazdi. Jamoamizning elitadagi o'yinlar soni 339taga etdi. O'tkazilgan o'yinlarning 119tasida g'alaba qozonilgan bo'lsa, 70 durang qayd etilgan va 150 uchrashuvda imkoniyat boy berilgan. To'plar nisbati: 465-501.

O'zbekiston chempionatlari tarixida AGMK ayni paytda 41 jamoa orasidan 18-o'rinda turibdi. Umumiy hisobda to'plangan ochkolar soni 427ni tashkil qilmoqda va 17-pog'onadagi "Surxon"dan atigi 1 ochkoga kam.


Superligada AGMK safida joriy mavsum eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar statistikasi:

1.Dilshod Jo'raev — 25 o'yin, 4 gol

2.Saydullo Rahmatov — 22 o'yin

3.Zafar Polvonov — 19 o'yin, 15 gol

4.Sardor Rahmonov — 19 o'yin, 1 gol

5.Suhrob Sultonov — 18 o'yin, (-23 gol)

6.Akmal SHorahmedov — 18 o'yin

7.Sanat SHixov — 18 o'yin, 1 gol

8.Murodjon Toshmatov — 18 o'yin, 1 gol

9.Mirjamol Qosimov — 18 o'yin, 1 gol

10.SHahzodbek Nurmatov — 16 o'yin, 2 gol

11.Boburbek Yuldashov — 16 o'yin, 1 gol

12.Jasurbek Hakimov — 15 o'yin, 1 gol

13.Mirg'iyos Sulaymonov — 15 o'yin

14.Elguja Grigalashvili — 13 o'yin, 7 gol

15.Jasur Umarov — 13 o'yin

16.Erkin Boydullaev — 11 o'yin, 1 gol

17.Zohir Pirimov — 11 o'yin

18.Igor Zonich — 9 o'yin

19.Jasur Yaxshiboev — 9 o'yin

20.Jasur Hasanov — 8 o'yin *

21.Vladislav Kasminin — 7 o'yin

22.Kamron Saidazimov — 7 o'yin

23.SHerzod Fayziev — 7 o'yin *

24.Mirolyub Kostich — 6 o'yin *

25.Akbar To'raev — 5 o'yin, (-11 gol)

26.SHohnazar Norbekov — 5 o'yin, 1 gol*

27.G'ulomHaydar G'ulomov — 5 o'yin

28.SHahboz Umarov — 4 o'yin

29.Nizomiddin Ziyovutdinov — 3 o'yin, (-3 gol)

30.Rasul Yo'ldoshev — 1 o'yin

31.Farhod Imomov — 1 o'yin


P.S. * belgisi qo'yilgan futbolchilar birinchi davradan keyin jamoani tark etgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика