So’nggi yangiliklar

18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  4 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  11

AGMK futbolchilarining karantindagi qiziqarli statistikasi Yangiliklar

AGMK futbolchilarining karantindagi qiziqarli statistikasi

Teglar :  AGMKkarantin
AGMK klubi matbuot xizmati quyida karantin davrida futbolchilarining qiziqarli statistikasini taqdim etdi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda karantin davri o'talmoqda. SHu o'rinda yurtimizda ham karantin davri elon qilingan va futbolchilarimiz ijtimoiy masuliyatni to'liq anglagan holda uyda qolib, yakka tartibda uy sharoitida jismoniy mashqlarni bajarish bilan band.

Zafar Polvonov karantin davrida uyda yakka tartibda shug'ullanib turish barobarida kunni quyidagi tartibda o'tkazmoqda va siz aziz ishqibozlarga ham o'z qiziqishlari doirasidan kelib chiqib quyidagi kun tartibidagi menyuni tavsiya qiladi.

Muhimi, bunday masuliyatli pallada xotirjamlikni saqlagan holda uyda qoling va karantin davridagi qatiy rejimga amal qiling! Qo'lni esa avvalgidanda ko'proq yuvib turib, tozalik gigienasiga to'liq rioya qiling!


Qo'lni tez-tez yuvishni unutmang!

Dunyoda global muammoga aylangan Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda karantin davri elon qilingan.

Barcha yurtdoshlarimiz, xususan jamoamiz muxlislari va Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan tozalikka rioya qilishlarini eslatib o'tamiz.

Qoronavirusdan saqlanish uchun avvalo karantinga amal qilib uyda o'tirish va qo'llarni tez-tez sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos. Bundan tashqari, spirtli dezinfekciya, yani antiseptiklardan foydalanish ham zarar qilmaydi. Zarurat tug'ilganda ko'chaga chiqayotganda esa niqob taqishni unutmang va yurganda hamda bozor yoki supermarketlarda savdo qilayotganda odamlar bilan o'zaro masofa saqlang!

SHu o'rinda ayni dam karantin davrida uyda qolib, lekin mashg'ulotlarni unutib qo'ymagan va uy sharoitida yakka tartibda jismoniy mashqlarni bajarayotgan AGMK futbolchilari kuniga o'rtacha qo'llarni necha marotaba yuvishayotgani haqida malumot beramiz.

Avval hech uchramagan va etiborga olinmagan, ammo hozirgi kunda dolzarb bo'lib turgan masala, yani qo'llarni tez-tez yuvishga barcha etibor bilan qarayotgani rost.

Qiziq, avval futbolchilar kuniga o'rtacha necha marotaba qo'llarni yuvishgan va hozirda bu ko'rsatkich qanchalik o'sgan?

AGMKda bu borada yaqqol etakchi va favorit jamoa sardori Akmal SHorahmedov bo'lib turibdi. SHorahmedov avval odatda kuniga o'rtacha 10 marotaba qo'lni yuvgan bo'lsa, bugungi kunga kelib bu ko'rsatkich deyarli 10 barobarga oshgani, yani kuniga o'rtacha 100 bor qo'llarini yuvayotganini bildirdi. Har qanday buyum yoki narsani ushlagach avtomatik ravishda qo'llarini sovunlab yuvishni odatga aylantirgani va uyda farzandlarini ham tozalik gigienasiga qatiy rioya qilishga chaqirayotganini takidladi.

Qo'l yuvish: Kecha va bugun

Akmal SHorahmedov — 10/100

Zafar Polvonov — 7/15

Dilshod Jo'raev — 8/14

Bobur Yo'ldoshev — 8/15

Saydullo Toshpo'latov — 5/5

SHeroz Jalolov — 6/24

Valijon Raximov — 15/25

Roman Abdulov — 7/12

Murod Toshmatov — 8/16

Miraziz Mavlyanov — 6/12

Xojimat Erkinov — 9/15

Mirg'iyos Sulaymonov — 10/15 

Siz-chi, avval va hozir kuniga o'rtacha qo'llaringizni necha marotaba sovunlab yuvishni odatga aylantirdingiz?

Unutmang, siz va yaqinlaringiz koronavirus tezroq barham topishida bevosita aloqadorsiz. Buning uchun uyda qoling va o'ta zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqmang! Har qanday holatda tozalik gigienasiga rioya qiling va karantin rejimiga amal qilib, koronavirusga qarshi kurashda o'z xizmatingizni qo'shing!

Karantin rejimiga qanchalik masuliyat bilan va jiddiy amal qilinsa, siz sog'ingan futbol o'yinlari tezroq boshlanadi! Hammasi sizga bog'liq!

Xotirjam bo'ling va karantin qoidalariga amal qiling!


#Uydaqoling

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика