So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  3 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  8 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

AGMK ertagayoq tarixiy natijani kafolatlashi mumkin! Yangiliklar

AGMK ertagayoq tarixiy natijani kafolatlashi mumkin!

Olmaliqliklar ertangi 24-tur doirasidagi o'yinlarda "Lokomotiv" hamda "So'g'diyona" muxlisi va qo'shimchasiga "Paxtakor"ning ham g'alabasidan manfaatdor bo'lishadi.

AGMK joriy mavsum ilk bor O'zbekiston chempionati sovrindori bo'lishi mumkin. Bu voqea ertagayoq sodir bo'lishi uchun "Lokomotiv" "Qo'qon-1912"ni va "So'g'diyona" "Bunyodkor"ni mag'lub etishi talab etiladi. Agarda "temiryo'lchilar" va jizzaxliklar ertaga g'alaba qozonsa, unda AGMK muddatidan avval chempionat sovrindori (bronza yoki kumush medal) bo'lishi taminlanadi.

SHuningdek, Qarshida kechadigan turning markaziy o'yini: "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvida AGMKga O'zbekiston chempioni "Paxtakor"ning g'alabasi zarur. SHunda olmaliqliklar nafaqat bronza medallari uchun, balki kumush medaliga egalik qilish uchun ham yaxshigina imkoniyatni saqlab qoladi.

Hozircha AGMK va "Nasaf" o'rtasidagi farq bir ochkoni tashkil qiladi. "Nasaf" esa tur o'yinini ertaga Qarshida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.

CHempionat tugashiga esa yana 2 tur mavjud. AGMK 25-turda Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'lsa, oxirgi o'yinni Olmaliqda "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi. "Nasaf" esa "Paxtakor" bilan o'yindan tashqari yana ikki Toshkent klubi "Bunyodkor" (safarda) hamda "Lokomotiv" (uyda) bilan bahs olib boradi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика