AGMK Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi navbatdagi nazorat o'yinini Xitoy Superligasi vakili - "Cindao Huanxay" bilan o'tkazadi
04 fev 2020 14:51
Yangiliklar


AGMK Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi navbatdagi nazorat o'yinini Xitoy Superligasi vakili - "Cindao Huanxay" bilan o'tkazadi
"Cindao Huanxay" o'tgan yil Xitoy Birinchi ligasida g'olib chiqib, joriy mavsumdan etiboran Xitoy Superligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Jamoa safida ispaniyalik taniqli futbolchi Joan Verdu, Kot-dIvuar terma jamoasi hamda "Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq azosi - Yaya Ture harakat qiladi. Jamoani ispaniyalik Xuan Manuel Lillo boshqarmoqda.
Eslatib o'tamiz, AGMK bunga qadar Toshkentdagi tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismida "Oq-tepa" (3:0) hamda "Surxon"ga (3:1) qarshi nazorat o'yinini o'tkazib, har ikkala bahsda g'alaba qozongandi. O'yin 5 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Olmaliqliklar bundan tashqari Dubaydagi yig'in doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushib, 1:0 hisobida zafar quchishdi.
Malumot o'rnida: AGMK 27 yanvar kuni boshlangan yig'in 11 fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan va yig'in doirasida yana qator nazorat uchrashuvlari belgilangan.
AGMKning Dubaydagi yig'inidan suratlar
O’xshash yangiliklar

Fikrlar