So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  256 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Agent tilidan haqiqat Yangiliklar

Agent tilidan haqiqat

- Rayola ushbu transferni amalga oshirish uchun Pogba bilan birga yashadi, birga nafas oldi, birga uxladi... Jorj Mendesh va Mino Rayoladan oldin Jon Smit futbol olamining bosh agenti hisoblanardi.

Uning rahbarligidagi First Artist agentlik firmasi 400 nafardan ko'p futbolchi bilan ishlardi. Deylik, betakror Diego Maradona, shuningdek, butun Angliya terma jamoasi uning mijozi edi. Xullas, Smit futbolda birinchi superagent maqomini olgan insondir. Yaqindagina uning maxsus kitobi nashrdan chiqdi. Jon o'z asarida agentlar qanday yo'sinda pul topishlari va millionlarni nechog'li oqlashlari xususida ham to'xtalgan. Oddiy aytganda, birinchi raqamli sport turida tijorat mexanizmi qanday ishlashi xususida bazi sirlarni ochgan.

- Futbol bugungi kunda sayyoramizdagi eng asosiy ko'ngilochar manbalardan biriga aylandi. Bu bizning mehnatimiz samarasidir. CHunonchi, sport shunchaki, sport emas, balki katta qiziqish manbasi va biznes ekanligini anglatib qo'ydik. Bitta xonaga ikki kishini olib kirib, ularning bir-biri ortidan moddiy manfaat topishiga ko'maklashish - mening iqtidorim. Sobiq superagentning kitobida shunday satrlar bor.

- Malum bo'lishicha, Mino Rayola MYUga 89 mln. funtga tushgan mijozi - Pol Pogba transferi orqali naq 20 mln. funt ishlabdi. Bir kishining bunday dahshatnamo daromadini qanday izohlash mumkin?


- Mendan doimo Pogba va uning agenti haqida so'rashadi. SHuni aniq bilamanki, Mino Rayola bu transfer uchun ko'p ishladi: 10 yil davomida Pogba bilan birga yashadi, birga nafas oldi, birga uxladi. Summaga qarang - 89 million. Manchester Yunayted esa hozirning o'zida Pogbaning futbolkalari sotuvidan 190 million topishga ulgurdi (bu tasdiqlanmagan malumot). Xo'sh, bu yomon kelishuvmi? Menimcha, unday emas. Men barchasi ancha arzon bo'lgan davrda ulg'ayganman. Misol uchun, avvallari hojatxonaga kirish narxi 30 pens edi, endi-chi? Ha, hayotimiz o'zgardi. Tan olish kerak, zamonaviy narxlar aqlga sig'maydi. Biroq hayot talabi shu - pul endilikda katta rol o'ynayapti.

- 2011 yili First Artist agentlik firmasini sotishga qaror qilganingizda, The Evening Standard gazetasi shunday yozgandi: Futbol hali yaxshi agentni ketganidan ko'p afsuslanadi. Nima, zolimlar sohasidagi olijanob kishi bo'lganmisiz?

- Barchasini AQSHda o'rganib qaytgandim. U erda katta agentlar doimo bitta gapni takrorlashardi: Har bir ishni tabassum bilan bajar. Biz - professionalmiz. Qatiyroq bo'lib, o'z yo'lingda sobit tur. Qo'lingni temir mushtga aylantir, ammo shoyi qo'lqop kiyishni unutma. Buyuk Brinatiyaga qaytgach, avvaliga Angliya termasi bilan ishladim. O'sha vaqt agentlar arzimas pul topishardi. Ular jurnalistlarga o'z mijozlaridan intervyu olishni taklif etishardi. Men bu ishlarga chek qo'ydim. /oyamga ko'ra, matbuotchilar bir chaqa ham to'lamaydigan bo'lishdi, lekin men intervyu uchun beriladigan 1000 funt o'rniga ulardan futbolchining muayyan brendga tegishli formadagi suratini qo'yishni talab etishim mumkin edi. SHu tariqa Mars, Coke, Trebor - duch kelganidan ulush ola boshladim. Oddiy aytganda, futbolga homiylarni olib kirdik. Muhimi, bu ishni yuzda tabassum bilan amalga oshirdik.

- Kitobingizda APLda o'ynagan yosh futbolchi transferi haqida yozgansiz: U shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida, xorijga ketishni xohladi. Klub futbolchi uchun 20 mln. so'radi, xaridorlar esa 18 mln. berishga rozi bo'ldilar. Bu - biznes-strategiya. Barchasini batafsilroq tushuntira olasizmi?

- O'sha o'yinchi 400 ming funt miqdoridagi kompensaciya evaziga mamlakatdan chiqib ketishi mumkin edi. Mening aralashuvimsiz u kamida 20 mln. funtga baholanardi. Xullas, futbolchi xorijda malum vaqt o'ynagach, 10 yoki 15 mln. evaziga qaytdi. Klub esa agentlarga haq to'ladi, o'yinchiga katta maosh belgiladi. O'z navbatida, u ham agentga ulush berdi. Qarabsizki, hamma xursand. Agent o'ziga tegishli 5 mln. funtni oldi. SHunda hamma gapira boshladi: Bu qanaqasi, arzimas ish uchun 5 millionmi? Biroq aynan shu agent tufayli millionlar saqlab qolindi-ku. Ular xizmatlariga yarasha olishyapti. Bu oddiy raqamlar, xolos. Agar agent 10 minglab funtni tejashga yordam bersa, bir necha ming oladi. Biroq zamonaviy futbolda barchasi millionlar bilan o'lchanyapti. Vaqtning o'zi shunaqa.

- Oxirgi transferlar bozori haqida qanday fikrdasiz?

- Hamma futbolchilar uchun ularning asl bahosidan ko'proq to'lagani rost. Yo'q, hamma emas ekan. Vest Xemga qarang: 13ta transfer va barchasi 3-8 millionli. Klub hattoki, Simone Zazani bor-yo'g'i ijara asosida oldi. Umuman, narx to'xtamay oshib boryapti. 5 million turadigan futbolchining narxi 10 millionga etdi. 12 millionlisi 20 million bo'ldi, 30 millionlisi esa 50 limon. Faqat, transferlar oynasinin oxirgi haftasi Angliya klublari  ortiq katta xarajat qilmasliklari haqida bayonot berishgach, narx 20 foiz tushdi. Yani payshanbadan chorshanbagacha bozor shashti pasaydi. Bu borada funt sterling qiymatining pand berganini ham unutmaslik lozim. Ha, transferlar bozori - bugungi hayotimizning oynadagi aksi.

- SHuning uchun ham ko'pincha so'nggi daqiqalargacha sabr qilishga to'g'ri kelyaptimi?


- Ha. Hattoki, maoshlarga bog'liq raqamlar ham shunchaki, dahshat uyg'otadi. O'rtacha saviyadagi futbolchi 12 mln. funtga baholanyapti. Lekin bu boshlanishi, xolos. O'rtaga agentlar ham suqulishadi va mijozlari endilikda haftasiga 40 ming uchun o'ynamasligi, chunki ikki hissa ko'p olishga munosib ekanliklarini aytishadi. To'g'ri, ular shunday yo'l tutishga haqlilar.

- Demak, barchasi oddiy matematika: futbolchining maoshi uning narxiga bog'liq. SHundaymi?


- Katta klublarda bu masalada maxsus tizim bor. Kelishuv direktor tashabbusi yoki ehtiros tasirida amalga oshirilmaydi. O'zi maosh bo'yicha sistema anchadan buyon bor. Omadli agent chamasi 50 nafar mijozga ega va ularning har biri uchun kurashadi. CHunonchi, shartlarni muloyimgina qabul qiladigan agentni birov hurmat qilmaydi.

- Jorje Mendesh ham hozirgi maqomini shu yo'l bilan olganmi?


- Xuddi shunday. Mendeshning boshqacha yo'l tutishi aqlga ham sig'maydi. Axir mijozlari orasida Joze Mourino va Krishtianu Ronaldu kabi megayulduzlar bor. U shuningdek, bir necha klublar uchun xos odam hisoblanadi. Misol uchun, Moskvaning CSKAsi kabi jamoalarga tasiri g'oyat katta. Gohida barchasini o'zi boshqaradi. Hattoki, Angliyada ham shunday: mana, Vulverxempton Xitoy konsorciumi tomonidan sotib olindi. Bu kelishuvdan hamma xursand. Mendesh ushbu jamoaga shu qadar yaxshi o'rnashib olganki, endi xotirjam holda, qaysidir futbolchini tarkibga qo'shish yoki nimanidir o'zgartirish xususida buyruq berishi ham mumkin. Umuman, Jorje bunday vakolatga ega birinchi agentga aylandi.

- Bir safar Andrey Arshavinning Arsenalga o'tishi haqida gapirib, o'sha vaqt so'nggi lahzalarda harakatlardan hech qanday samara chiqmasligidan cho'chiganingizni aytgan edingiz. Faoliyatingiz davomida yana shunga o'xshash holatlar uchraganmi?


- Arshavin transferini so'nggi lahzalarda amalga oshirish talab qilingandi. Bu vaqtda barchasiga ulgurish shart edi - sotuvchi va xaridor klublar bilan kelishishga, mijoz va uning oilasini ko'ndirishga... SHuningdek, Sebastyan Bassongning KPR safiga qo'shilishini ham aynan transferlar oynasining so'nggi kuni hal etishni rejalashtirgandik, biroq o'shanda muvaffaqiyatsizlikka uchraganmiz. O'zi Sebastyan ajoyib yigit. KPRning o'sha vaqtdagi murabbiyi Xarri Rednapp uni o'z klubiga o'tkazib berishimizni iltimos qilgandi. CHunki Bassong vaqtida aynan bizning harakatlarimiz bilan Tottenxem vakiliga aylanib, super bo'lmasada, munosib o'ynagandi. Xullas, KPRning qiziqishi barchaga maqul tushdi. Bozorning oxirgi kuni futbolchi klub bilan yaxshi xayrlashib, mashinaga o'tirdi va Loftus Roudga yo'l oldi. Biroq bizning aybimiz tufayli transfer rejasi buzildi. Aniqroq aytsam, Rednapp bilan barchasini muhokama etishga ulgurmagandik. Unga rosa qo'ng'iroq qilganmiz, biroq aloqa o'rnatish nasib etmagan. Axir transferlar oynasining so'nggi kuni edi va murabbiy ehtimol, boshqa masalalar bilan band bo'lgandir. To'g'ri, oxirgi pallagacha klub bilan kelishishga uringanmiz, ammo befoyda. Nihoyat, Rednapp aloqaga chiqqach, unga Bassong klub bazasiga ketganini malum qildik. U esa kutilmaganda, boshqacha javob berdi: Nega? Yo'q, u kerak emas, Anton Ferdinand bilan kelishing. Keyinroq Ferdinand bilan kelishish imkoni bo'lmaganini aytganimizda ham, u o'z so'zida turib oldi: Faqat shu futbolchi kerak, boshqasiga ehtiyojim yo'q. Yakunda noiloj Antonga qo'ng'iroq qilib, 15 daqiqada barchasini hal etdik. Biroq endi vakilimiz bilan mashinada o'tirgan ikkinchi mijozga kelishuv buzilganini tushuntirishimiz lozim edi: Afsus, o'xshamadi.... Boshqa gap yo'q va uyatdan ko'zimizni erga qadaymiz. Ha, futbolda shunaqasi ham uchraydi. Qisqasi, bechora Bassongning ortga qaytishiga to'g'ri kelgandi. Eng yomoni, klubda unga boshqa umid bog'lamayotganlarini tushungandi. Aynan shunday vaziyatlar ham nega har bir futbolchi chinakam professional bo'lolmasligidan dalolat. Bazan futbolchi juda mushkul ahvolda qoladi. Misol uchun, biz o'sha kuni mijozimizni noqulaylikdan himoya qilolmagandik. CHo'qqida yursak, juda zo'r. Ammo xatoga yo'l qo'ysakchi? Buning oqibati juda yomon bo'ladi va ko'pchilik jabr tortadi - futbolchi va uning oilasi, qaysidir klub va uning muxlislari... Demoqchimanki, agentning xatosi barchaga tasir qiladi.

Footballhd.ru - I. RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика