Agent: “Lempard deyarli har kuni unga qo'ng'iroq qiladi”
28 apr 2020 21:30
Yangiliklar


Agent: “Lempard deyarli har kuni unga qo'ng'iroq qiladi”
“Napoli” hujumchisi Dris Mertensga “CHelsi” ustozi Frenk Lemperdning shaxsan o'zi qiziqmoqda.
Bu haqda, italiyalik futbol agenti Vinchenco Morabito xabar qilgan.
“Avvaliga, Mertens “Napoli”da qolishini aytdi, ammo keyin nimadir ro'y berdi va uning agenti mijozini boshqa klublarga taklif etishni boshladi.
Lempard deyarli har kuni Mertensga qo'ng'iroq qilishini bilaman. Uning “CHelsi”ga o'tishini tasavvur qilmoqdaman”, deydi Morabito.
Mertensning neapolliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. U bilan bog'liq vaziyatni “Inter”, “Roma”, “Yuventus”, “Liverpul” va “Nyukasl” kabi jamoalar ham kuzatib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar