

“O'ylashimcha, Mane va Salohning yo'qligi “Liverpul” uchun qimmatga tushadi. Ular ko'p o'yinlarni o'tkazib yuboradi. “Chelsi” va “Manchester Siti” kabi kuchli tarkibga ega raqiblar bo'lsa, Saloh va Manesiz 4-6 o'yinni o'tkazib bo'lmaydi.
Shu tufayli, o'ylashimcha, “Liverpul” yanvarda kimnidir sotib olishi kerak. Jotani aytishingiz mumkin, ha, u fantastik futbolchi, ammo Firminoni jarohatlar taqib qiladi, Origi esa zaxiradan tushganda yaxshi o'ynaydi. Demak, “Liverpul”da muammolar bor va Yurgen Klopp allaqachon kimnidir ko'z ostiga olib qo'ygan bo'lsa kerak”, deydi Agbonlaxor.



