Agar Vidal "Barselona"ga o'tsa, Yerri Minaning ketishi aniq bo'ladi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2018, 12:38
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi chililik futbolchi uchun nemislarga 20 mln. evro to'laydi va yarim himoyachi bilan 3 yillik bitim imzolaydi. Agar ushbu transfer amalga oshsa, ko'k-anorranglilar himoyachisi Yerri Mina klubni tark etishiga to'g'ri keladi. Gap shundaki, Yevropa klublari Yevropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari safiga kirmagan davlatlardan ma'lum bir miqdorda futbolchi olishi mumkin. Ayni damda "Barselona" litimdan to'liq foydalangan. Agar Vidal xarid qilinsa, jamoani EI mamlakatidan bo'lmagan o'yinchi tark etishiga to'g'ri keladi.

Yerri Mina "Barselona"ni tark etmoqchi emas, ammo klub boshqa fikrda. Oldinroq, Minaga "Everton" va "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RAC1