So’nggi yangiliklar

19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  0 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  1 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7

Agar futbolni to'xtatsak nima bo'ladi? Yangiliklar

Agar futbolni to'xtatsak nima bo'ladi?

Sports.uz saytida jurnalist Bobur Akmalov hozirgi pandemiya sharoitida futbolni to'xtatish kerak degan fikrni ilgari surdi.

Jumladan, Bobur Akmalov shunday deydi: - "Menimcha, futbolni to'xtatish kerak. O'zbekiston xalqi bundan hech narsa yo'qotmaydi. Bugungi kunda futbol davlatning, demakki, xalqning bo'ynida ortiqcha yuk. Superligadagi barcha klublarni xalq boqadi, futbol odamlari o'zbekistonliklarning soliqlari va tabiiy boyliklar orqasidan keladigan pullarni eyishadi. Pandemiyasiz ham bizning zimmamizda o'tirib, tuzukroq natija ko'rsatmagan futbolimiz hozirgi og'ir sharoitda ming chandon ortiqcha".

Ko'p yillar futbol ichida yurgan, aytish mumkinki, aynan futbol orqali muxlislarga tanilgan Bobur Akmalovning fikriga javoban bazi gaplarni aytishni maqul ko'rdim. 

Aslini olganda, nimanidir buzishdan yoki to'xtatishdan osoni yo'q, qurish qiyin, tiklash qiyin. Binoni buzish bir kunlik ishdir, lekin uni qayta qurguncha oylar kerak bo'ladi. Futbolniyam bir og'iz gap bilan to'xtatib qo'ysa bo'ladi, lekin uni qayta tiklashga kelganda ming chandon bosh qotirishga to'g'ri keladi.

Bobur Akmalov futbolni to'xtatsak, O'zbekiston xalqi bundan hech nima yo'qotmasligini aytyapti. Balki shundaydir. Ehtimol hozirgi sinovli vaziyatda xalqimiz ko'ngliga futbol sig'mayotgani bor gapdir. Lekin bir narsani unutmaylik, futbolda ishlayotganlar (murabbiylar, futbolchilar, xodimlar, rahbarlar, umuman har kimsa) ham odam va ular futbol borligi uchun pul topib oilasini boqadi. 

Endi faraz qilamiz, futbolni yil oxirigacha to'xtatdik, unda nima bo'ladi? Birinchidan, klublar futbolchilar, murabbiylar, xodimlar masalasini ko'rib chiqishiga to'g'ri keladi. Yil oxirigacha oylik to'lashda davom etamizmi-yo'qmi, shu savol kun tartibiga chiqadi. SHartnomalar bekor qilinsa, bu tabiiy ravishda yozuv-chizuvga olib keladi. CHunki hamma qatori futboldagilar ham oyma-oy maosh olishni xohlaydi. Maosh olish uchun esa ishlash kerak. Ishlash bu - mashg'ulot va o'yin degani. 

Hadeb mashg'ulot o'tkazgandan foyda yo'q. Baribir o'yin kerak. Har birimiz uchun kasbni ushlab turish bu amaliyot hisoblanadi. Futbolchiga ham o'z kasbidan kelib chiqib o'yin amaliyoti kerak. O'yin o'tkazish esa PFL qo'lida. Demak, futbol bo'lmasa PFLning keragi bo'lmaydi, buning natijasida O'FAga ham hojat qolmaydi. SHunday qilib hammasi yo'q bo'ladi. 

Endi savol tug'ilyapti: agar futbolni to'xtatsak, unda sentyabrda milliy terma jamoa qanday yig'ilib Tojikiston (4 sentyabr) va Eronga (7 sentyabr) qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi? Buning ham oson yo'li bor: O'FA rad javobini yozadi va shu bilan har ikki jamoa Toshkentga kelmaydi. Bu ham juda oson. 

Bundan tashqari 14-31 oktyabr kunlari O'zbekistonda tarixda birinchi marta U-19 Osiyo chempionatini o'tkazish rejalashtirilmoqda. Agar futbolni to'xtatsak, OFKning birinchi qiladigan ishi ushbu musobaqani bizdan olib qo'yish bo'ladi. CHunki futbol o'ynalmayotgan joyga OFK shubha bilan qaraydi va musobaqani o'tkazishga sharoit yo'q deb hisoblaydi. Keyin esa Qatar yoki boshqa birovga berib yuboradi. 

Agar futbolni to'xtatsak, oktyabr va noyabrdagi JCH-2022 saralash bahslari nima bo'ladi? Malumki, yangi taqvimga ko'ra 13 oktyabr kuni safarda Yamanga qarshi o'yinimiz bor. 12 noyabr kuni o'z maydonimizda Singapurni qabul qilsak, 17 noyabrda Saudiya Arabistonida hal qiluvchi bahsni o'tkazamiz. Demak, bu o'yinlar ham o'z-o'zidan yo'qqa chiqadi.

Bunday sharoitda OFK O'zbekiston - Singapur uchrashuvi betaraf maydonda o'tkazilsin (O'zbekiston mezbon maqomida qolaveradi) degan qaror qabul qilishi mumkin. Yoki yanayam oson yo'lni tanlaymiz: uchala bahsda ishtirok eta olmasligimizni bildiramiz va shu bilan OFK bizni musobaqadan chetlatadi. 

Bu shunchaki taxminiy xayollar emas, balki futbol to'xtatib qo'yilsa yuz berish ehtimoli katta gaplar. Xo'sh, siz qaysi yo'l tarafdorisiz: sharoit og'ir bo'lishiga qaramay, milliy futbolimizni saqlab qolish uchun kurashishgami yoki bor-e deb hammasidan birdaniga voz kechishgami?

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика