Afzal Azizov: "Bizni oldinda qiyin bahslar kutib turibdi"
02 avg 2013 11:45
Yangiliklar
Afzal Azizov: "Bizni oldinda qiyin bahslar kutib turibdi"
Birinchi liga jamoalari ham ikkinchi bosqich bahslariga tayyorgarlik jarayonini kuchaytirib yuborishgan.
SHu jumladan, Andijonklubi ham hal qiluvchi bosqichga puhta hozirlik ko'rish maqsadida, ayni paytda o'z qarorgohlarida mavsumga tayyorlanishda davom etishmoqda. Qolaversa, bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushishmoqda. Jamoamiz sardori Afzal Azizov kuni kecha “Futbol Ekspress” gazetasiga intervyu berib, tayyorgarlik qanday ketayotgani borasida fikrlarini bildirdi.
- Afzal aka, ikkinchi bosqichga tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda? SHu xususida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Birinchi bosqichdagi so'nggi o'yinimizdan keyin, klub rahbariyati bizga 12 kunlik tatil berishdi. SHundan keyin, 22 iyul kunidan boshlab, o'z qarorgohimizda qaytadan yig'ildik va mashg'ulotlarga kirishdik. Aslida, biz tayyorgarlikimizni tog'li xududlarda o'tkazishni reja qilgandik. Biroq, ayrim sabablarga ko'ra, ushbu rejamiz amalga oshmay qoldi. Natijada, bazamizda kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqdamiz. Aytish kerakki, mashg'ulotlarimizning birinchi haftasida asosan tiklanishga qaratilgan mashqlarni bajardik. Ayni kunda esa o'rtoqlik uchrashuvlari va turli taktikalar asosida ishlamoqdamiz. CHempionatning ikkinchi bosqichi boshlanishga ham oz qoldi. Bungacha, yana bir nechta o'yinlarni tashkil qilishni o'ylab qo'yganmiz.
- Tayyorgarlik ishlaridan ko'nglingiz to'lmoqdami?
- Albatta, murabbiylar shtabi futbolchilarni ikkinchi bosqichga yanada yaxshiroq tayyorlantirishga astoydil harakat qilishmoqda. O'tkazayotgan mashg'ulotlarimizdan imeni va boshqa jamoadoshlarimning ham ko'ngillari to'lmoqda deyishim mumkin.
- Birinchi bosqichdan so'ng, jamoani tark etganlar ham bormi?
- Ha albatta, tarkibimizdan bir nechta futbolchilar ketishni ixtiyor etishdi. Bular Aleksandr Lupashko va Timur Hakimovlardir. Bu o'yinchilar bizga birinchi bosqichga anchagina yordamlari tegdi. Ularning kelgusidagi faoliyatlariga omadlar tilayman.
- Ayni paytda, Andijon ko'rikida bir nechta futbolchilar ham bo'lib turganligi xususida malumotlarga egamiz. Yangi kelganlar mashg'ulotlarda astoydil ishlamoqdalarmi?
- Hozircha bir nechta futbolchilar ko'rikda bo'lishmoqda. Mashg'ulotlarda ham astoydil mehnat qilmoqda. Ularning jamoada qolish qolmasligi, ko'proq o'zlariga bog'liq. Andijonda qolishni maqsad qilan bo'lsalar, mashg'ulotlarda va o'rtoqlik bahslarida astoydil harakat qilib, murabbiylar shtabiga maqul kelishlari talab etiladi.
- Ikkinchi bosqichda Andijon G'arb mintaqasidan chiqqan 8ta jamoa qarshi maydonga tushishga to'g'ri keladi. Oldinda kutib turgan bellashuvlar borasida nimalarni ayta olasiz?
- Darhaqiqat, bizni oldinda bir-biridan qiyin bahslar kutayotganligi rost. G'arb mintaqasidan ham kuchli jamoalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Biz o'z oldimizga oliy ligaga qaytishni maqsad qilganmiz, shuni sababli ham oldinda turgan bellashuvlarda faqat g'alaba uchun kurashamiz. G'alaba qozonishimiz oson bo'lmasligini bilib turibmiz. Imkon qadar, bellashuvlarni o'z foydamizga o'tkazib elita tomon dadil odimlanishni niyat qilganmiz. Nasib qilsa, ushbu niyatimizga mavsum oxirida erishamiz.
- Ko'pchilikning fikricha, G'arb zonasi sizlar qatnashgan SHarq mintaqasidan kuchliroq ekan. Bildirilayotgan bu fikrlarga qo'shila olasizmi?
- Men bunday o'ylamagan bo'lardim. CHunki, SHarq va G'arb mintaqalarida ham o'ziga yarasha kuchli jamoalar bor. Birorta mintaqani yaqqol ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Qolaversa, ikkinchi bosqichda kim kuchli ekanligini aniqlash mumkin bo'ladi. SHu sababli ham oldindan biror gapni aytmoqchi emasman. Kim kuchliligini oldinda turgan bahslar orqali bilib olishimiz mumkin bo'ladi.
- Oliy ligaga chiqish uchun Mashal, Andijon klublaridan tashqari, Zarafshon va Qo'qon-1912lar ham astoydil kurashishi kutilmoqda.
- Ha, men ham ularning oliy ligaga chiqish uchun kurashishini eshitdim. Elitaga chiqishni istaganlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Bellashuvlar zeriklarli bo'lmasligi tarafdoriman. Raqobatdosh jamoalarimiz soni qancha ko'paysa, uchrashuvlar ham shunga yarasha qiziqarli ruhda o'tadi degan umiddaman. Bu klublarga ham ikkinchi bosqichda omad yor bo'lsin.
- Jamoangiz elita yo'llanmasini qanchalik hal qilib bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Hammasi hali oldinda. SHu sababli ham biz hali o'zimizga yuklatilgan vazifani to'liq uddalay olmadik. Endilikda, hal qiluvchi bosqichda to'p suramiz. SHu bosqichda vazifa qanchalik uddalanib borayotganligi aniq bo'lib boradi. Buning uchun biroz vaqt kutishimizga to'g'ri keladi.
- Jamoa murabbiylar shtabiga Orif Mamatkazin keldi. Andijonga begona bo'lmagan tajribali mutaxassisning sobiq jamoasiga qaytishin foydalimi?
- Andijon o'z oldiga faqat va faqat elitaga qaytishni o'ylayapti. SHu sababli ham rahbariyat Orif Mamatkazinni jamoaga taklif qildi. Mamatkazin “Andijon” uchun begona emas. Jamoadagi futbolchilarni juda yaxshi biladi. Qolaversa, uning katta tajribasi va bosh murabbiy Azamat Abduraimovning o'zaro birgalikda ishlashlari, o'ylaymanki, jamoamiz uchun foydadan holi bo'lmaydi. Ikki mutaxassis qo'l ostida biz oldimizda turgan maksimum vazifani uddalay olishimizga ishonchim komil.
Izzatbek ABDUVAHOBOV suhbatlashdi.

Fikrlar