So’nggi yangiliklar

00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  0 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  0 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  2 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  3 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  8 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  2 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   15 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияда машғулотларни давом эттирмоқда  2 18:40Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистонни мағлуб этди  0 18:20Хвича Кварацхелия орден олади  2 18:00БАА таркибида Франция, Сербия ва тунислик футболчилар Ўзбекистонга қарши дебют қилиши мумкин  48 17:35МЮ тез орада Мбемо трансфери бўйича музокараларни бошлайди  2

Afsonaviy Hoqon SHukur AQSHda taksi haydovchisi bo'lib ishlaydi. U davlat to'ntarishidagi ayblovlar tufayli bor-budidan mahrum bo'ldi Yangiliklar

Afsonaviy Hoqon SHukur AQSHda taksi haydovchisi bo'lib ishlaydi. U davlat to'ntarishidagi ayblovlar tufayli bor-budidan mahrum bo'ldi

Teglar :  Hoqon SHukurTurkiya
Turkiyalik sobiq o'yinchi Hoqon SHukurning futboldan keyingi faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Katta yoshli kishilar 2002 yilgi jahon chempionatidagi Turkiya terma jamoasini unutishmagan bo'lsa kerak. Turklar yarim finalda Braziliyaga achinarli tarzda mag'lubiyatga uchrab, keyinchalik turnirning bronza medalini qo'lga kiritgandi. O'sha jamoaning etakchilaridan biri hujumchi Hoqon SHukur edi. U o'z mamlakatida, shuningdek, "Blekbern" va "Inter" safida to'p tepdi. Turkiyada Xoqon haqiqiy qahramon edi, faoliyatini yakunlaganidan keyin u siyosatga qadam tashladi.


Avvaliga hamma ishlar joyida edi, u hukmron partiyaga qo'shildi va ikki yil davomida Erdo'g'an bilan yaxshi munosabatda edi. Ammo SHukur "Adolat" partiyasini tark etib, saylovlarda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etdi. Turkiyada davlat to'ntarishi boshlanganda SHukurni ham ularga sheriklikda ayblashdi. Xoqon zudlik bilan mamlakatni tark etishga majbur bo'ldi, turk diyorida unga tahdid qilishdi.

"Menda hech narsa qolmadi, Erdo'g'an bor-budimdan mahrum qildi: erkinlik huquqim, ishlash huquqim va so'z erkinligimdan". Ammo SHukur turk xalqining dushmani emasligini va o'z vatanini sevishini, lekin hukumatdan nafratlanishini, chunki ular haligacha uning muvaffaqiyatsiz davlat to'ntarishida ishtirok etganligi to'g'risida dalil topa olmayotganini aytadi.

AQSHda SHukur dastlab kafeda ishlagan, lekin u erga yurish-turishi boshqacha odamlar tashrif buyura boshlagan va Xoqon o'z ishini o'zgartirishga majbur bo'lgan. U ikki yildan beri UBER haydovchisi bo'lib ishlaydi va bo'sh vaqtida kitob savdosi bilan shug'ullanadi. Tasavvur qiling-a, taksiga o'tirdingiz va sizga jahon chempionatining bronza medali sovrindori haydovchilik qilmoqda.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика