So’nggi yangiliklar

02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  15 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  2 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  0 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  29 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  6 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  8

Afina-2004. Kapadze, Jeparov, Geynrix va Mirholdirshoev. Olimpiada sari uchinchi urinish Yangiliklar

Afina-2004. Kapadze, Jeparov, Geynrix va Mirholdirshoev. Olimpiada sari uchinchi urinish

1996-2020 yillar oralig'ida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada sari harakatini eslashda davom etamiz.

Avvalgi ikkita maqolada Atlanta-1996 va Sidney-2000 yo'lidagi o'yinlar haqida to'xtalgandik. Har ikkala Olimpiada saralash bosqichida bizni Qozog'iston ortda qoldirib ketgani haqida fikr yuritgandik. Bugun esa uchinchi urinish, yani 2004 yil Greciya poytaxti Afinada o'tkazilgan Olimpiya o'yinlari sari harakatni yodga olamiz. 

Afina Olimpiadasida Osiyodan kimlar qatnashgan? 

2004 yil yozgi Olimpiya o'yinlarida ham Osiyodan uchta jamoa ishtirok etgan: Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq. Janubiy Koreya guruhda Mali, Meksika va Greciyaga qarshi bahs olib borib, ikkinchi o'rin bilan chiqqan. Yaponiya o'z guruhida Italiya, Gana, Paragvay bilan bellashib, oxirgi o'rinni egallagan. Iroq esa Kosta-Rika, Marokash va Portugaliyaga qarshi maydonga tushib, hech kim kutmaganda o'z guruhida birinchi o'rinni egallagan. 

Iroq Olimpiya terma jamoasi chorak finalda Avstraliyani 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Janubiy Koreya bu bosqichda Paragvaydan 2:3 hisobida engilib, shu tariqa musobaqani tark etgan. Yarimfinalda Iroq Paragvayga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan va bronza meddalar uchun kurashda Italiyaga ham 0:1 hisobida engilgan.


CHempion kim bo'lgan? 

Afina-2004 Olimpiadasida chempionlik Argentinaga nasib etgan. Argentina finalda Paragvaydan 1:0 hisobida ustun kelgan. Uchrashuvdagi yagona gol Karlos Teves hisobiga yozilgan. Argentinani o'sha yil mashhur murabbiy Marselo Belsa shohsupa sari boshlab kelgan. 


Osiyo saralashi

Osiyoda saralash uch formatda olib borilgan. Dastlab o'tish bosqichi o'yinlari o'tkazilgan. Saralashda jami 36 jamoa uchta yo'llanma uchun kurashgan. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlagan.

Ikkinchi bosqichda 24 jamoa 12ta juftlikka bo'linib, uy-mehmon tarzida o'yinlarni o'tkazgan. Va yakunda 12 jamoa hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olib, jamoalar 4tadan 3 guruhga bo'lingan. Har bir guruh g'olibi esa Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqqan.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi bosqichda Eronga qarshi ikkita o'yin o'tkazgan va har ikkala o'yinda imkoniyatni boy bergan. 2003 yil 3 may kuni Toshkentda o'tkazilgan bahsda 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan vakillarimiz 7 iyun kuni safarda 1:6 hisobida mag'lub bo'lishgan. Natijada Eron U-23 hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olgan. Viktor Borisov ustozlik qilgan bu terma jamoada Timur Kapadze, Server Jeparov, Ignatiy Nesterov, Aleksandr Geynrix, SHuhrat Mirholdirshoev kabi futbolchilar to'p tepgan. 

03.05.2003. O'zbekiston - Eron 1:3

07.06.2003. Eron - O'zbekiston 6:1 

O'zbekiston OTJ Toshkentda Eron bilan o'yin oldidan. Kimlarni tanidingiz?

Uchinchi bosqichda o'ynaganlar

Olimpida saralashidagi oxirgi bosqichda aytib o'tganimizdek, 12 jamoa ishtirok etgan. Jamoalar 4tadan 3 guruhga bo'lingan. 

"A" guruhi: Janubiy Koreya, Eron, Xitoy, Malayziya. 

"B" guruhi: Yaponiya, Bahrayn, BAA, Livan.  

"C" guruhi: Iroq, Ummon, Quvayt, Saudiya Arabistoni.

Guruh natijalariga ko'ra, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq 2004 yil yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.

Reyting: -2   

Fikrlar

   
15 apr 22:10:07
@# #@
to'g'riso'z foydalanuvchining fikriga javob berish
Паски каторда Крушелницкий, байрамов ва Суюновга ухшаркан
Muzaffar xoliqov
   
15 apr 16:12:05
to'g'riso'z
Паски каторда Крушелницкий, байрамов ва Суюновга ухшаркан
   
15 apr 14:46:21
Jamshid Abdusamadov
Чапдан тепада Нестеров Гофуров Копадзе Власичев Мирхолдиршоев Гейнрих. Пастда чапдан 3 тасини танигандейман эсимда йук. Колгани Зейтуллаев Копадзе
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика