So’nggi yangiliklar

09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  1 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  3 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  1 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  2 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  2 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  8 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  7 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0

AFC Integrity vakillari Superliga va Pro-liga klublari bosh murabbiy va rahbarlari uchun seminar o'tkazdi Yangiliklar

AFC Integrity vakillari Superliga va Pro-liga klublari bosh murabbiy va rahbarlari uchun seminar o'tkazdi

Joriy yilning iyul oyida Osiyo futbol konfederaciyasi bosh qarorgohida bo'lgan Ravshan Ermatov boshchiligidagi O'FA delegaciyasi OFKning kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash olib borish masalasi bo'yicha masullari – AFC Integrity departamenti rahbari Ahmed Alosaymi, shuningdek, Sportradar kompaniyasi direktori Oskar Brodkin bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Uchrashuv chog'ida OFK vakillari O'zbekistondagi ichki musobaqalarda kelishilgan o'yinlar tashkil etilishiga qarshi kurashda O'zbekiston futbol associaciyasini to'liq qo'llab-quvvatlashini hamda bu borada o'zaro hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini malum qilishgan edi. O'z navbatida Ravshan Ermatov ham mamlakatimizda futbolning rivoji uchun to'sqinlik qilayotgan turli qing'irliklardan holi bo'lish muhim ekani, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashda O'FAning qita futbol konfederaciyasi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishi yanada samara berishini takidlagan edi.

SHu maqsadda kuni kecha AFC Integrity vakillari yurtimizga tashrif buyurib, Superliga va Pro-liga klublari bosh murabbiy va rahbarlari uchun maxsus seminar tashkil etishdi. Seminar davomida kelishilgan o'yinlar tashkil etilishining oldini olish, o'yin natijasiga tasir ko'rsatilishiga qaratilgan har qanday xatti-harakatga qarshi kurashish bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalar taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика