So’nggi yangiliklar

23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  3 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  35 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  2 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4

Adolatga erishishning adolatli yo'li haqida Yangiliklar

Adolatga erishishning adolatli yo'li haqida

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Bugun siz bilan suhbat quramiz. Men jurnalistman, futbol sohasida bir nimalar qilib turaman, qo'ldan kelgancha. Siz-chi?

Qonun va qoida haqida

Aytaylik, bozorga chiqasiz. Birovga halal bermay, bozor qoidalari asosida ishlab turibsiz. Birdaniga komissiya kelib, ketma-ket 12 ta do'konni tanlab oldi va qolganlarni kerak emasga chiqarib qo'ydi. Bu sizga tegadimi? Tegadi! Yil boshidanoq shuni aytganida, siz harakatingizni ko'rgan, o'zingizga boshqa joydan ish topgan bo'lardingiz.

Masalan, siz do'stlar bilan o'rtada pul tikib, biznes qilgansiz. Yil boshida shartlashgansiz. Ammo hammasi risoladagidek ketayotganida qoidalar o'zgarib qolsa va siz chetda qolsangiz, tegadimi? Tekkandaki!

SHu postini o'qiyotgan hammamiz tirikchilik payidanmiz. O'g'ri bo'lmasangiz, to'g'ri bo'lsangiz, tirikchilikning aybi yo'q. Ishingizga rivoj bersin. Biror voqea yuzasidan fikr bildirayotganda albatta o'zingizga boqib ko'ring. Istalgan kasb bo'yicha yuqorigi kabi misollar keltirish mumkin. CHunki hammamizda ham hisob beradigan joy bor.

Men nima demoqchiman, pichoqni og'rimasa birovga urish kerak. Siz bugun qoidalarning buzilishini qo'llab-quvvatlayapsiz. CHunki zararini siz ko'rmayapsiz, jilla qursa siz muxlislik qiladigan klub muammolardan uzoqda. Birovning muammosi bilan ishingiz yo'q. Ammo unutmang, qoidalarni pisanda qilmaydiganlar tegirmoniga suv quysangiz, ularning safi kengayadi va kuni kelib bizga ham etib keladi. Agar men qonun va qoidalarni hurmat qilmaydiganlarni yoqlasam, vaqti kelib saytimni yopib qo'yishlari, qonun doiradan chetga chiqmagan maqolam sabab meni chetlatishlari mumkin. Vaholanki, men o'zimni o'sha qonun va qoidalar doirasidagina himoyada deb bilaman. Rejalarimni o'shalar asosida tartibga solaman. Mening muammoim bo'lmasa ham, jurnalist sifatida tepadagi bozorchiga achinaman, u qonundan chetga chiqmayaptimi, undan chetda bo'lgan qaror hayotini buzib o'tib ketishi kerak emas, deb hisoblayman. Bu hammamizning boshimizda bor savdo.

Qonun va qoidalarga qatiy amal qilinadigan mamlakatlar bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun shiori bilan yashaydi. Agar sizning farzandingiz qaerdadir jabr ko'rsa, qo'shnilar ham sizni himoya qilishga tushadi. CHunki ular bu kabi voqea o'zlarining bolalarida ham kuzatilishidan qo'rqadi. Va albatta, sizga beriladigan zarar qolganlarni ham junbushga keltirishini bilgan tepa qatlam, etti o'lchab bir kesadi, boshqa iloji yo'q.

Futbol ham shunday. Uning ham o'ziga yarasha qonunlari, qoidalari, nizom va reglamentlari bor. Butun dunyoda qonunlarga o'zgartirishlar kiritiladi. Bundan maqsad, oz bo'lsa-da mukamallikka intilish. Biroq mavjud qonunlarga ters borishga yo'l qo'yib berish, hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi.

Qonun va qoidaning ustuvorligi haqida

Men yoqtiradigan tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Bir do'stimiz savol qo'ygandi. Yaqin insoningiz jinoyat qilsa, buni aytasizmi yoki jinoyatni yashirasizmi? Biz, albatta, jigarlarimiz haqida o'ylab o'rganganmiz. Va shuning uchun ham tanish-bilishchilik atalmish illatni yo'qota olmaymiz. Rivojlangan mamlakatlarda esa yaqin insonim jinoyatiga yarasha jazosini olishi kerak, degan variantni ko'pchilik belgilab bergan. Ular adolatni shunda ko'radi.

Biz nizomlariga bo'ysunmayotganlar haqida aytdik. Bu ikki xil ko'rinishda namoyon bo'layotgani ham rost. Birida katta tashkilot nizomlariga bo'ysunmaganlarni qo'llagan, yana birida esa o'z nizomlariga o'zi bo'ysunmagani holda, adolat o'rnatishni istagan. Qaysi biri yaxshi deysizmi? Ikkalasi ham. Juda yomon! Ikkinchisi aslida yaxshi, chunki unda adolatga intilish bor. Ammo masala adolatning qachon va qay tariqa namoyon bo'lishida qolmoqda.

Agar hammasi qoida asosida bo'lsa, siz himoya qilayotgan klub allaqachon 1-ligada o'zini ko'rardi. Qoidalarga bo'ysunmadimi, ishini eplay olmadimi, demak, o'sha qoidalar asosida chetlashtirilishi kerak. Bazida boshqa yo'ldan yurishdi. YO rahm qilib, yo nafs sabab qoidalarni bajarmagan tomonni qo'llashdi avvalgilar.

Keyingilar esa qattiqo'l chiqdi. Bu bir tomondan yaxshi, bir yaxshi inson kuch adolatdadir, deb ketgan-ku. Talabni bajarmaganmi, yo'qot deyildi. To'g'ri-da, yo'qotish kerak quloqsiz klublarni. Ammo qanday asos bilan? Men yuqorida qonun-qoidalar haqida gapirdim. Ular, adolatli jamiyatlarda albatta bo'ladi. Va shunday joylar borki, faqatgina buyruq asosida ish ko'riladi. Bunisi yomon. Kayfiyat yaxshi bo'lsa mayliga, yomon bo'lsa qochib qol.

Xulosani shunday qilmoqchiman. Ishning ko'zini bilish katta ahamiyat kasb etadi va albatta, shoshgan kimdir bir narsaga yolchimaydi, degan gap ham bor. 12 talik haqida elon qilishga shoshilmagan maqul edi. SHunda bugun bir tashkilot bu qadar ko'p muhokama qilinmasdi. CHunki, ofat umuman boshqa joydan boshlandi, OFKdan. Komissiya keldi, qarasa talab darajasida bo'lmaganlar bor. Demak, ularni chetlashtirish tabiiy bir yo'l. Buni hamma oson hazm qilardi. SHunda ham bosh tashkilotgamas, klubining rahbariga dashnom berardi, pul olding, mansab olding, nega ishlamading, deb. Keyin bosh tashkilot, uzr, biz istagandik, lekin ko'rib turibsiz, jamoalarimiz 12 ta qoldi. Endi boshqa format qilmasak bo'lmaydi, deb qo'ya qolardi, olam guliston.  

Siyosat shunday narsaki, unga hamma ham chidash bermaydi. 14-o'rinni olsang qolasan degandingizki, deb iltijoli ko'z bilan qarab turasiz. Keyin esa g'oyibdan sado keladi: men senga 14-o'rinni qoidalarni buzish evaziga olgin demagandim. Talablarimni bajarmadingmi, tur yo'qol!

Men har qanaqasiga qonunlar ustuvorligi taminlangan joyni qo'llab-quvvatlayman. SHunda direktor shaxsiyatimga tegmaydi, miliciya qo'rqinchli ko'rinmaydi, huquqlarim paymol etilmaydi. Sizga ham shuni maslahat beraman. Bu nisbatan yaxshiroq yo'l. Albatta, bu dunyodan adolatni izlashning o'zi absurd. Ammo jilla qursa shu yo'lda harakat qilish mumkin-ku...

P.S. Diyorni ishga olinglar va hokazo gaplar kerak emas, o'rtoq o'quvchilar. Ishsiz qolgan emasman, siz aytgan ishga borishni istaganimda, allaqachon bunga erishardim. SHaxsiyotni ham chetga suring, adovatni ham. Komment yozishda qonunlar ustuvorligi masalasidagi tushunchangizdan boshlang. Hammamiz kimgadir arzanda, kimgadir yomon odammiz. O'zaro hurmatni saqlaylik, iltimos.

Muallif :
Reyting: -61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика