So’nggi yangiliklar

23:50АҚШдаги қонун Месси ва Альбага келганда ишламади  0 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  3

Adidas sakkizinchi "Oltin to'p" sharafiga Messiga sakkizta oltin uzuk sovg'a qildi. Har bir uzukda Leoning faoliyatidagi yorqin hodisalar aks etgan Yangiliklar

Adidas sakkizinchi "Oltin to'p" sharafiga Messiga sakkizta oltin uzuk sovg'a qildi. Har bir uzukda Leoning faoliyatidagi yorqin hodisalar aks etgan

Har bir uzukda futbolchining faoliyatidagi yorqin damlar aks etgan.

Lionel Messi o'zining sakkizinchi "Oltin to'p"ini qo'lga kiritdi. Futbolchi bilan muntazam hamkorlik olib borayotgan Adidas kompaniyasi ushbu sovrin sharafiga Messiga noodatiy sovg'a berdi. Kompaniya argentinalik futbolchiga sakkizta oltin uzuk sovg'a qildi. Har bir uzukda Messining faoliyatidagi yorqin hodisalar aks etgan.

"CHeksiz xotiralar, sakkizta uzuk, nol shubha", -deb yozadi Adidas kompaniyasi. Quyida har bir uzukning ko'rinishi bilan tanishishingiz mumkin. 


2009 - "El Beso" 2009 yildagi CHempionlar Ligasi finalida Messi boshi bilan gol urgandi va uning butsasi echilib ketgandi.


2010 - "Apunta al cielo" Messining osmonni ko'rsatib nishonlagan goli. Bu gol nishonlash uning buvisiga ataladi. 


2011 - "The G.O.A.T." Messi faoliyatidagi ketma-ket uchinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. The G.O.A.T (echki) – Barcha davrlarning eng zo'ri


2012 - "El Año" Bu uzuk Messining o'sha rekord mavsumiga atalgan. 2012 yilda Messi 91 ta gol kiritgandi.


2015 - "La Cuarta Champions League" Messining to'rtinchi marta ECHLni yutganiga atalgan uzuk. Uzuk chetiga bu sovrinlar qo'lga kiritilgan yillar yozilgan (2006, 2009, 2011, 2015)


2019 - "6th European Golden Boot". Ushbu uzuk Messi oltinchi "Oltin butsa"ni qo'lga kiritganiga bag'ishlanadi. 


2021 - "The First International Trophy". Messining birinchi xalqaro sovriniga bag'ishlangan uzuk. 


2023 - World Cup Triumph. Lionel Messining Jahon chempionligini qo'lga kiritganligiga bag'ishlangan uzuk. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика