Abror Pirriev: "Maqsadimiz – milliy futbolimizga sog'lom va baquvvat avlodni etkazib berish"

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 13:39
2014 yilni yurtimizda “Sog'lom bola yili” deb nomlanishi barcha soxalar singari tibbiyot xodimlariga ham katta mas'uliyat yuklaydi.
Milliy futbolimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalashda futbol shifokorlarining o'rni beqiyosdir. Bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarni bilish maqsadida taniqli mutaxassis milliy terma jamoamiz va “Lokomotiv” klubining shifokori Abror Pirriev bilan suxbat uyushtirdik

Xurmatli Abror aka siz orqali milliy terma jamoamiz va Lokomotiv klubi jamoasini kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etamiz.

Raxmat, o'z navbatida men ham barcha futbol ishqibozlarini, mutaxassislarni milliy terma jamoamiz va Lokomotiv klubi raxbariyati nomidan qutlayman. Yangi yil barchamizga yangicha baxt va omad olib kelsin. Yangi yil O'zbek futboliga yangidan yangi g'alabalar olib kirsin.

Yakunlanib borayotgan yil xayotingizda qanday voqealar bilan muxrlanib qoldi?

Bu yil shaxsiy xayotimdan ko'ra ko'prok futboldagi xayotimda xayajonli, quvonchli va xar gal eslaganda yurakni tirnab o'tuvchi onlari bilan esda qoldi. Xammamizni xayajonda ushlab turgan va oxirgi pallada omadimiz kulmagan jaxon chempionati saralash o'yinlari, yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimizning jaxon chempionatidagi ishtiroklari, milliy chempionatimizdagi murosasiz baxslar, bularning xamma-xammasi tarix va xotiramga uzoq yillarga muxrlanib qoladi deb o'ylayman. Xamma qatori men xam termamizni jaxon chempionatiga chiqishini juda-juda xoxlagan edim. Ayniqsa, o'sha Toshkentdagi Qatar va Iordaniyaga qarshi o'yinlar, penaltilar seriyasi..., bu daqiqalarni unitib bo'lmaydi.

Muxtaram yurtboshimiz 2014 yilni “Sog'lom bola yili” deb e'lon qilganida ko'nglingizdan nimalar o'tdi?

Barchaga yaxshi ma'lumki, yurtimizda sog'lom va barkamol avlodni ulg'aytirish uchun ulkan ishlar amalga oshirib kelinmokda, buni birgina yoshlar sportiga bo'lgan etibor orqali anglab olish qiyin emas. Yurtboshimizning 2014 yilni “Sog'lom bola yili” deb e'lon qilishlari ushbu qilinayotgan ezgu ishlarning mantiqiy davomini belgilab berdi desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Muxtaram Prezidentimizning so'zlarini eshitar ekanman, yosh avlodga berilayotgan bunday e'tibor va g'amxo'rlikdan to'lqinlanib ketdim. Axir bunday e'tibor va g'amxo'rlik yana qaysi davlatda bor!

2014 yilni “Sog'lom bola yili” deb nomlanishi barcha soxalar singari futbol shifokorlarga ham mas'uliyat yuklasa kerak?

Albatta, chunki bugungi kunda mamlakatimizda sportning kaysidir yo'nalishi bilan shug'ullanmaydigan bolaning o'zi bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Sport ushbu bolakaylarning to'g'ri ulg'ayishi va sog'ligi uchun asosiy mezon bo'lishini taminlovchi vazifa asosan sport shifokorlarining zimmasida bo'ladi deb o'ylayman. Shu sababli ushbu masuliyatni xar on xis kilib, sog'lom va barkamol avlodni yetishtirib berish maqsadida tinmay mehnat qilishimiz kerak deb o'ylayman. Darxaqiqat, 2014 yilni “Sog'lom bola yili” deb nomlanishi biz futbol shifokorlariga xam yaxshigina mas'uliyat yuklaydi. Bu borada yangi yilda tizimli ravishda ish olib borishni rejalashtirib turibmiz. Futbol tibbiyotini rivojlantirmay turib, malakali futbol shifokorlari tomonidan bolalarimizni sog'ligini kerakli nazoratini qilmay turib ko'zlagan natijalarimizga erishib bo'lmaydi. Xullas yangi yildan futbol maktablaridagi soxa xodimlarini nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida Futbol Med tibbiy markazi tomonidan o'quv seminarlar tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Futbol shifokori sifatida Respublikamizdagi futbol klublarida faoliyat olib borayotgan shifokorlar bilan aloqalar o'rnatganmisiz va qanday amaliy ishlarni amalga oshirdingiz?

Bilasiz xozirda professional futbol klublarimiz qoshida futbol Akademiyalari va maktablari mavjud. Bugungi kunda futbol klublarimizda sport tibbiyoti yo'nalishidagi malakali shifokorlar ishlamokda. Chunki futbol tibbiyoti, futbol shifokorlaring malakasini oshirish hamda u yosh buladimi yoki professional futbolchimi – ularning har birining sog'ligini nazorat kilish bugungi kunda shaxsan futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Zufarovich tomonidan aloxida etiborda bo'lgan yo'nalishdir.

Bugungi kunda futbol soxasida ishlayotgan shifokorlarning deyarli barchasi bilan tanishman va aloqamiz bor. Chunki ular bilan 1 yilda kamida 2 marta Melieva Muazzam Solievna boshchiligidagi Futbol Med tomonidan tashkillashtiriladigan o'quv malaka kurslarida ko'rishib turamiz. Shu o'rinda aytib o'tmoqchimanki, ushbu Markaz bugungi futbolimizning tibbiyot yo'nalishini rivojlantirish, futbol soxasida faoliyat yuritayotgan shifokorlarimizning malakasini oshirish hamda futbol soxasida ishlayotgan barcha insonlarni, u futbolchi bo'ladimi, murabbiy bo'ladimi yoki xakammi, barchasining sog'ligini nazorat qilish borasida qatiy reja va standartlar asosida ishni yo'lga qo'yganki, buni O'zbek futbol tibbiyotining yutug'i deb bilaman. Yaqinda ushbu Markaz tomonidan o'quv uslubiy qo'llanma xam ishlab chiqildi va yaqin orada barcha klublarimizga tarqatiladi. Ushbu qo'llanma futbolga aloqador shifokorlarimiz uchun ko'p savollarga javob bera oluvchi ko'makdosh bo'ladi degan umiddaman.

Xullas, 2014 yil “Sog'lom bola yili”da sog'lom va baquvvat avlodni futbolimizga etkazib berish maqsadida yana bir qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirib turibmiz.

Xayrullo VASIEV suxbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz