Abramovich "CHelsi" egasi bo'lib qoladi. U klubni himoya qilish uchun boshqaruvni xayriya jamg'armasiga topshirdi
27 fev 2022 21:01
Yangiliklar
Abramovich "CHelsi" egasi bo'lib qoladi. U klubni himoya qilish uchun boshqaruvni xayriya jamg'armasiga topshirdi
Roman Abramovich "CHelsi"ning xo'jayini sifatida qoladi.
Jurnalist Fabricio Romanoning fikricha, Abramovich "CHelsi"ga egalik qilishda davom etadi. Direktor Marina Granovskaya va Petr CHex klub ishining barcha jabhalari, jumladan, yangi shartnomalar imzolash, transferlar va hokazolar bilan shug'ullanadi.
Abramovich klub, uning rahbariyati, shuningdek, futbolchilarni himoya qilish maqsadida "CHelsi" boshqaruvini xayriya jamg'armasiga topshirdi.
Tadbirkor "CHelsi"ni 2003 yilda 140 million funt sterlingga sotib olgan. Jamoa uning davrida 21 ta sovrinni qo'lga kiritdi.
Fikrlar