

Marosim boshlanishi oldidan "Nasaf" jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne'matov qisqa intervyu berdi.
"Avvalambor barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashayotgan bayram bilan tabriklayman .Xudoga shukur mavsum men uchun yaxshi o'tdi. Lekin pandemiya sabab jamoalarimiz o'ziga yarasha qiynaldi. Milliy terma jamoa libosida maydonga tushish katta mas'uliyat yuklaydi. Olimpiya, yoshlar va milliy jamoa buning ahamiyati yo'q. Chunki, qaysi yoshdagi terma jamoada o'ynashdan qatiy nazar foydam tegishini istayman. Kim eng yaxshi yosh futbolchi bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi",- deydi Ne'matov.



