Abduvohid G'ulomov: "G'alaba juda kerak edi, ammo nasib qilmadi"
26 noy 2025 22:31
Yangiliklar
Abduvohid G'ulomov: "G'alaba juda kerak edi, ammo nasib qilmadi"
O'yin haqida: "O'yin qiyin bo'lishini kutgandik, ammo shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. O'yinni nazorat qildik va dastlabki golni biz urdik. O'z xatoimiz tufayli to'p o'tkazib yubordik. G'alaba juda kerak edi, ammo nasib qilmadi".
- "Andijon"ning Superligadagi natijalari va OCHLdagi holati yaxshi emas. Bu futbolchilar ruhiyatiga tasir o'tkazyaptimi?
- Har qanday vaziyatda ham oxirigacha harakat qilamiz. Mavsumni ijobiy yakunlash uchun intilamiz.
- Superliga tugashi bilan "Andijon"da OCHLning 6-tur o'yini oldidan 3 haftalik tanaffus bo'lib qoladi. Bu paytda nimalar qilishingiz haqida klub malumot bermadimi?
- Bu haqida o'ylashga biroz erta deb o'ylayman. Oldimizda safarda "Bunyodkor"ga qarshi bahs kutib turibdi. Shundan so'ng qolgani haqida o'ylaymiz. Dohadagi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar