So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  0 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  1 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  14 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  238 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Abdurahmon Fozilov: “CHipta olishdagi qiyinchiliklar haqiqiy fojea” Yangiliklar

Abdurahmon Fozilov: “CHipta olishdagi qiyinchiliklar haqiqiy fojea”

Teglar :  Abdurahmon Fozilov
O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi etakchisi Abdurahmon Fozilov kechagi Eron bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

- Muxlislar klubi sardori sifatida aytingchi, muxlislarning chipta olishda qiyinchilikka uchrayotgani Sizni xavotirga solmayaptimi?
- Xavotirga solmayaptimi? Bu xavotir emas, bu fojea! Ushbu muammo avvalo muxlislar kayfiyatini 0 darajaga tushirib yubordi, kassa oldidagi olomon tiqilinchi, g'araz
chipta olib sotarlarning hiyla nayranglari, 25 000 – 30 000 so'mlik chiptalar 50 000 – 150 000 so'mgacha sotishgani hech kimga sir emas, qani aytingchi o'z narxidan 2-3 barobar qimmatga sarson sargardonlik bilan olingan chipta bilan futbolga kirsangiz sizga alam qilmaydimi?
“Bunyodkor” stadioni men ko'rgan stadionlar orasida eng alo va yaxshi stadion, shart-sharoitlar barchasi muxlis uchun, lekin ming afsus  barchasini g'alamis nafs qullari, nafs gadolari puchga chiqarmoqda! O'ylaymanki, Xitoy bilan bo'lib o'tadigan o'yinda bu kamchiliklarning oldi olinadi, olinmasa biz muxlislar o'zimiz nimadir qilishimiz kerak!

- Kechagi “mozayka”ning o'xshamaganiga asosiy sabab nima bo'ldi?

- Erta tongdan harakat qilib stadionning ikkinchi qavati 5ta sektoriga birma-bir rangli qog'ozlar qo'yib chiqdik, barchasi rejadagidek edi, lekin mana bir necha o'yinlardan beri rejamizni 100 foiz amalga oshirishga qiynalamiz.

Sababi oddiy: stadionga birinchi bo'lib kirib kelgan odamlar o'ziga "yoqib qolgan" rangni boshqa sektor yoki yon atrofidagi o'rindiqdan olib boshqa joyga tagiga "ko'rpacha" qilib o'tirib olishi bo'lmoqda. Xattoki volonterlarimizning iltimoslari ham yordam bermayapti. Nima ham qilardik, harakatda va izlanishlarda davom etamiz.


- Muxlislarga Xitoy bilan o'yindan oldin nima degan bo'lardingiz?
- Rosti bir narsa deyishga ham hayronman, biz muxlislar nima bo'lganda ham terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. Sababi bizda boshqa vatan yo'q, bitta terma jamoamiz ham bitta! Aytishadiku ota-ona va vatan tanlanmaydi! Barchamiz jamoamizni bir tanu, bir jon bo'lib qo'llab-quvvatlaylik, haqiqiy 12-o'yinchiga aylanaylik!

Agar yana shu chiptalar masalasiga kelsak, mendan O'zbekiston - Eron uchrashuviga yuzlab yaqinlarim chipta sotib olishga yordam so'rashganida ularga yordam bermadim, bitta maslaxat berdim xolos: O'yin boshlanishiga 20-30daqiqa qolganida stadionga kelsangiz olib sotarlardan o'z narxiga olasiz, 10 daqiqa oldin esa xattoki arzon ham olasiz, dedim.

Aziz muxlislar keling barchamiz birlashib "ular"ga qarshi kuchga aylanaylik va olib sotarlardan umuman chipta olmaylik!

“Bir ikki marta o'yinni tvda ko'rsak ko'ribmiz yoki stadionga 10-20 daqiqa qolganida kelib chiptalarni 50 foiz arzon narxda sotsang olamiz” deylik. Ishonaman ikkita o'yindan keyin ular bankrot bo'lishadi!


Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика