Abdurahmon Abdulhaqov "Turon"ni tark etdi
08 iyu 2021 22:38
Yangiliklar
Joriy mavsum avvalida Bekobodning "Metallurg" jamoasidan Superliga debyutanti "Turon" klubiga ko'chib o'tgan Abdurahmon Abdulhaqov kuni-kecha jamoasi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Olingan malumotlarga ko'ra, klub va futbolchi o'rtasida tuzilgan shartnoma ikki tomonning o'zaro kelishuviga asosan bekor qilingan.
SHu bois qanot vingeri endi o'ziga yangi jamoa topadi.
Malumotlarga ko'ra, Abdulhaqovga hozircha Superliganing ikki klubidan qiziqish bo'lgan.
Abdurahmon esa hozircha aniq bir to'xtamga kelib ulgurmadi.
Fikrlar