Abduqodir Husanov va boshqa yangi o'yinchilar uchun o'tkazilishi kerak bo'lgan maxsus tadbir "Etihad"ning yonidagi yong'in sabab bekor qilindi
30 jan 00:38
Yangiliklar
Abduqodir Husanov va boshqa yangi o'yinchilar uchun o'tkazilishi kerak bo'lgan maxsus tadbir "Etihad"ning yonidagi yong'in sabab bekor qilindi
"Manchester Siti" klubining uy stadioni "Etihad" yonida yong'in chiqdi. Klub liboslari va atributlari sotiladigan kiosklarning birida kutilmaganda yong'in kelib chiqqan. "Manchester Siti" klubi ushbu yong'in allaqachon o'chirilganini ham malum qilib ulgurdi. Biroq, ECHL oxirgi turidan o'rin olgan "Bryugge"ga qarshi muhim bahsni xavfsiz o'tkazish maqsadida klub bir necha tadbirlarni bekor qildi. Rejaga ko'ra o'yindan oldin Abduqodir Husanov va klubning boshqa yangi o'yinchilari muxlislar bilan maxsus tadbirda ishtirok etishlari kerak edi. "Siti" ushbu tadbir bekor qilinganini malum qildi.
"Manchester Siti" stadion yonida yong'in sodir bo'lganini tasdiqlaydi. Bugungi o'yindagi muxlislar xavfsizligi biz uchun birinchi o'rinda turadi. SHu sababli, o'yindan oldingi bazi tadbirlar bekor qilinadi. Yangi o'yinchilarni kutib olish, asosiy jamoaning etib kelishi kabi tadbirlar bekor qilindi", -deyiladi klub bayonotida.
Fikrlar