Abdumavlon Abdujalilov: "Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi"
04 iyu 2021 23:50
Yangiliklar
Abdumavlon Abdujalilov: "Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi"
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Superliganing 12-turida "Paxtakor" mehmoni bo'ldi (1:2).
Ushbu uchrashuvdan so'ng "temiryo'lchilar" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. O'yin yaxshi o'tgani bilan natija biz uchun qoniqarsiz. Futbolda natija muhim hisoblanadi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Oldinga intilishda davom etamiz. Yuqorida aytganimdek o'yindagi hisobdan ko'nglimiz to'lgani yo'q. Agarda vaziyatlarni golga aylantirganimizda o'yin suratini o'zgartira olar edik. Hisob ham boshqacha ko'rinish olardi", — deydi Abdumavlon Abdujalilov.
Fikrlar