Abdumavlon Abdujalilov: "Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2021, 23:50
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Superliganing 12-turida "Paxtakor" mehmoni bo'ldi (1:2).

Ushbu uchrashuvdan so'ng "temiryo'lchilar" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. O'yin yaxshi o'tgani bilan natija biz uchun qoniqarsiz. Futbolda natija muhim hisoblanadi. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Oldinga intilishda davom etamiz. Yuqorida aytganimdek o'yindagi hisobdan ko'nglimiz to'lgani yo'q. Agarda vaziyatlarni golga aylantirganimizda o'yin suratini o'zgartira olar edik. Hisob ham boshqacha ko'rinish olardi", - deydi Abdumavlon Abdujalilov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia