So’nggi yangiliklar

18:59ОЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" (матнли трансляция)  24 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  3 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  1 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  4 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  6 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  4 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  5 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1

Abdulloh Olimov: "Xitoy yig'ini ko'ngildagidek kechdi" Yangiliklar

Abdulloh Olimov: "Xitoy yig'ini ko'ngildagidek kechdi"

"Neftchi" futbolchisi Abdulloh Olimov yaqinda U-22 yoshlar terma jamoamizning Xitoyda tashkil etgan xorij yig'inida ishtirok etib qaytdi.
Safardan kelgach, Olimov "FE" gazetasiga intervyu berdi.

- Xitoydagi yig'in ko'ngildagidek o'tdi. Biz u erga Xitoy yoshlar terma jamoasi bilan ikki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqish uchun safarga chiqqandik - deya gap boshladi Abdulloh Olimov.

-  Aytish kerakki, ularga qarshi o'tkazilgan o'yinlar yaxshi kechdi. Birinchi o'yinda g'alaba qozongan bo'lsak, keyingisida 0:0 hisobida durang qayd etdik. SHu tariqa bir hafta davom etgan yig'inimizni tugatdik. Rejallashtirilgan ishlarimni mazkur yig'inlar mobaynida amalga oshirishga muvaffaq bo'ldik deb o'ylayman.

- Xitoy bilan birinchi o'yinda nimani hisobiga g'alaba qozondinglar? Umuman raqib haqida nima deysiz?
- Bu terma jamoa ham Osiyoda o'z o'rniga ega hisoblanadi. Albatta, ularga qarshi o'yinlarlar biz uchun oson kechgani yo'q. Xitoyliklar ham yaxshi shakllangan jamoa va o'z o'yin uslubiga ega ekanligini ko'zga tashlandi. Birinchi uchrashuvdagi g'alabamizni esa yigitlarning ishtiyoqi yuqori bo'lgani uchun qo'lga kiritdik deb o'ylayman. Bundan tashqari, yig'inga kelgan o'yinchilar bilan avvaldan tanish ekanligimiz, bir-birimiz bilan ilgari ham bitta terma jamoada o'ynaganimiz bois, jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yishda muammo bo'lgani yo'q. Aynan kelishgan holda to'p surganligimiz ham g'alabamizga zamin yaratdi. Ikkinchi uchrashuvda esa yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi. Omad biroz etishmadi. Lekin, ikkala o'yindan ham qoniqish hosil qildik.Bu kabi sinov-nazorat bahslarida natija asosiy o'ringa chiqmaydi. Muhimi nomzodlar tekshirib olindi.

- Mazkur uchrashuvlarda Maqsudov sizga ham imkoniyat berdimi?

- Albatta, SHuhrat aka nafaqat meni balki boshqa o'yinchilarni ham maydonga tushirib sinovdan o'tkazdi. Dastlabki uchrashuvda zahiradan maydonga tushdim. Adashmasam, o'yin tugashiga 20 daqiqadan ko'p vaqt qolgandi. Ikkinchi o'yinda esa Maqsudov meni jamoa sardori sifatida dastlabki daqiqalardan tarkibga kiritdi. Aynan sardorlik bog'ichini menga berganligidan ko'nglim ko'tarilib ketdi. Buning uchun SHuhrat aka Maqsudov va terma jamoa murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman.

- Navbatdagi olimpiya terma jamoasini aynan ushbu U-22 terma jamoasi tashkil etadi. Hozirgi yig'inlarga chaqirilayotgan futbolchilar bilan avvaldan birga o'ynab kelganliklaring tufayli, bir-birlaringni tushunishda qiyinchiliklar yuzaga kelmayotgan bo'lsa kerak?
- Ha, oldindan birga o'ynayotganimiz bois, maydonda tushunish borasida qiyinchiliklar bo'lgani yo'q. Xudo xohlasa, mazkur terma jamoa bilan olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. Xorijda shunday yig'inlar tez-tez tashkil etilsa va sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etsak, albatta ko'zlangan maqsadga erisha olishimiz mumkin. Asosiysi, o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz lozim deb o'ylayman.

- SHuhrat Maqsudovni talabchan va ishiga professional darajada yondoshadi deyishadi. SHu rostmi?
- Har qanday murabbiy ham o'zidan yaxshi taassurot qoldirish uchun ishiga professional darajada yondoshadi. Albatta SHuhratni aka ham yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Futbolchilarga turli taktikalarni to'g'ri tushuntiradi. O'tkazadigan mashg'ulotlariga gap yo'q. Umuman olganda Aleksey Estafeev va SHuhrat aka Maqsudovlarni ish uslublariga tan beraman.

- Jamoangiz Neftchi jamoasi birinchi davrani so'nggi turida vodiy derbisida Andijonni safarda dog'da qoldirdi. Mazkur o'yinda yordam bera olmagan bo'lsangizda, g'alabadan xursand bo'lgandirsiz?
- Albatta, natijadan ko'nglim to'ldi. Xitoyda ekanligim bois, Neftchiga oid barcha malumotlarni internet orqali bilib bordim. Andijon bilan uchrashuvni esa onlayn tarzda kuzatib turdim. G'alaba qozonganidan juda ham xursand bo'ldim. Vodiy derbisida ko'rsatgan o'yinni birinchi davraning ayrim bahslarida namoyish qilganimizda, ochkolarimiz soni yanada ko'p bo'lardi.

- Neftchi birinchi davrani 10-o'rinda tugatdi. Ushbu natijadan qoniqish hosil qildingizmi?
- To'g'risi, birinchi davradagi natijalarimizni yaxshi deb bo'lmaydi. Negadir mavsumning birinchi qismini ko'ngildagidek o'tkaza olmadik. Bunga tarkibdagi futbolchilarning mavsum arafasida kelib qo'shilganligi, futbolchilarning bir-birlari bilan o'zaro til topishlarida muammo yuzaga kelganligi bilan izohlash mumkin. Qolaversa, bazi o'yinlarda jamoamizga omad ham etishdi. Nasib qilsa, ikkinchi davrada yanada yaxshiroq natija qayd etishga intilamiz.

- Ikkinchi davrada ham Neftchida qolasizmi yoki Paxtakorga qaytasizmi?
- Menimcha, Farg'onada qolsam kerak... Buni rahbariyat hal qiladi. O'zimga qolsa, Neftchida qolib jamoaning yanada yaxshiroq natijalar ko'rsatishiga yordam bersam yomon bo'lmasdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика