Abduholiq Qurbonov: “G'alaba qozonishga urindik, omadimiz kelmadi”
25 iyu 2022 14:35
Yangiliklar
Abduholiq Qurbonov: “G'alaba qozonishga urindik, omadimiz kelmadi”
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan “Yangier-quruvchi” – “SHo'rtan” (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar sardori Abduholiq Qurbonov fikrlariga quloq tutdik.
Malumot uchun, Qurbonov mazkur uchrashuvning 10-daqiqasida penaltidan mezbonlar darvozasiga to'p kirita olmadi.
“Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. CHunki “Yangier” bilan o'yin biz uchun 6 ochkoga teng edi. Asosiy maqsadimiz ham g'alaba qozonish va turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashga qaratilgandi. SHaxsan o'zim ham penaltidan to'p kirita olmadim. Nazarimda, penalti gol bo'lganida o'yin boshqacha tarzda davom etgan bo'lardi.
Undan keyin ham gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik.
Oldinda o'yinlarimiz ko'p. Ishonamanki, biz kuchli beshlikka kirish imkoniyatiga egamiz va buni uddasidan chiqamiz", — deydi Qurbonov.
Fikrlar