Abbos G'ulomov: "Paxtakor"ga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynash qiyin"
27 fev 2020 21:15
Yangiliklar


Abbos G'ulomov: "Paxtakor"ga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynash qiyin"
Murosasiz kurashlarga boy o'tgan "Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi (2:1) uchrashuvda omad poytaxt klubiga kulib boqdi.
Garchi, namanganliklar mag'lubiyat alamini totishgan bo'lsada, raqibga munosib qarshilik ko'rsata olishdi. Mazkur bellashuvdan so'ng maydonda faol bo'lgan futbolchilardan biri Abbos G'ulomov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ikki jamoa uchun ham yaxshi va kurashlarga boy o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Ularga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynash og'ir. Barcha bir-birini qo'llab quvvatlashga intildi. Afsuski, so'nggi daqiqada gol o'tkazib, qimmatli bir ochkodan ayrildik. Jamoamiz ishqibozlari bugungi uchrashuvda yurtimizda yagona ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi. Barchaga raxmat. Keyingi turda ishonchligini oqlab, uyaltirib qo'ymaymiz degan umiddaman", dedi G'ulomov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar