Gvardiola: "U - men ko'rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri"
21 okt 2025 09:39
Yangiliklar
Gvardiola: "U - men ko'rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning 22 yoshli franciyalik hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki haqida fikr bildirdi.
"Rayan Sherki men faoliyatimda ko'rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri. Texnik jihatdan u o'z o'yinining eng yuqori pog'onasida. Har safar u to'pni qabul qilganda vaziyat bizning foydamizga yaxshilanadi. U endi jamoaga kelganda biroz bosimda edi, hozir esa barchasi ortda qoldi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Rayan Sherki "Manchester Siti"ga 2025 yilning yozida "Lion"dan 45 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida APLda 3 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar