So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  17 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  52

A Seriyaning barcha chet ellik xo'jayinlari Yangiliklar

A Seriyaning barcha chet ellik xo'jayinlari

Bugungi kunda A Seriyaning 6 klubi chet ellik biznesmenlarga tegishli.

"Inter" va "Parma" — xitoylik, "Bolonya" — kanadalik biznesmen, "Roma", "Milan" hamda "Fiorentina" — AQSH vakillari nazoratida ostida faoliyat yuritib kelmoqda.

“Roma”
Jeyms Palotta (AQSH)
2011 yil
67% uchun 70 million evro

Asl kelib chiqishi italyan bo'lgan amerikalik tadbirkor biznesda aqlbovar qilmas karera qila oldi. Palotta 2002 yil, “Boston Seltiks”ga egalik qilishni boshlaganidan buyon, sport menejmentligida faol tarzda ish yuritib kelmoqda.

2011 yil Palotta hamkorlari bilan Sensi oilasidan klub akciyalarining asosiy qismini sotib oldi, 2012 yil esa klub prezidenti bo'ldi. O'sha vaqtdan beri “Roma” bir necha bor kumush medal sohibi bo'ldi, ammo “Yuventus”ga hali jiddiy qarshilik ko'rsatadigan raqib bo'la olgani yo'q. Sport direktori lavozimiga Ramon Monchi taklif qilinishi ham birmuncha mojarolarga sabab bo'lgan edi. Klub ispaniyalik bilan ketma-ket 2 yil transferlar borasida ijobiy natijalarga erishgan (ispan o'yinchilarni doim yaxshi sota olgan). Biroq biroz o'tib ishlar ortga keta boshladi, Monchi ham “Sevilya”ga ketib qoldi.

Ikki mavsum o'rtasi “Roma” uchun tartibsiz holda o'tishi mumkin. A Seriyadagi oltinchi pog'ona murabbiy almashinuviga sabab bo'ldi. Bu ham etmaganidek, klubning ikki afsonasi jamoani tark etdi: De Rossi erkin agentga aylandi, Franchesko Totti esa klub direktori lavozimidan bo'shadi. SHundan so'ng, klub egasini qattiq tanqid qila boshlashdi. Bunday davrni boshdan o'tkazish tajribali Palottaga ham qiyinchiliklar tug'dirmoqda.

“Bolonya”
Joui Saputo (Kanada)
2014 yil
100% uchun 7 million evro

Saputo – Kanadaga ko'chib borgan italyanlar avlodidan. Ular mahsulotlar olib-sotish orqali boyib ketishgan. Xokkey rivojlangan davlatda yashaganiga qaramay, Saputoning futbolga bo'lgan muhabbati so'nmadi. U Kanadada yashagan paytidayoq MLSda o'ynaydigan “Monreal Impekt” klubining egasi bo'lgan edi.

Joui tarixiy yurtining futbol klublaridan biriga egalik qilish borasida eng maqbul yo'lni tanlay oldi - “Bolonya”. O'sha vaqt jamoa B Seriyaga tushib ketgan edi va aynan shunday davrda klub arzimagan pul evaziga yangi xo'jayin qo'liga o'tgandi. O'sha yili “Bolonya” A Seriyaga qaytdi, ammo har yili elitadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashib kelmoqda. Eslatib o'tamiz, jamoa 2018/19 yilgi mavsumni 10-pog'onani band etgan holda yakunladi.

“Inter”
Jan Czidun (Xitoy)
2016 yil
69% uchun 270 million evro

Evropa futbolida Xitoy biznesining investiciyalar to'lqini Italiya grandlarini ham chetlab o'tmadi: bundan uch yil avval “Inter” akciyasining asosiy qismiga “Suning” kompaniyasi xo'jayini egalik qila boshladi. Klubning yangi egasi birinchi bo'lib moliyaviy tomondan barcha ishni tartibga sola boshladi — “Inter” avvalroq katta zarar ko'rgandi. U moliyaviy tomonni takomillashtirish bilan bir qatorda, sport yo'nalishini ham birdek rivojlantira boshladi. 

“Inter” yangi boshliq bilan yana CHempionlar Ligasi ishtirokchilari qatoriga qaytdi. Kelasi mavsumda esa jamoa Antonio Konte bilan birgalikda “Yuventus”ning Italiyadagi gegemonligiga barham berishni oldiga maqsad qilib qo'ygan. “Inter”ning bugungi kundagi asosiy muammolaridan biri — Mauro Ikardi. Argentinalik bilan bog'liq ishga qanday barham berish mumkin? Bu klubning hamon eng murakkab vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.

“Parma”
Czyan Lichjan (Xitoy)

2017 yil
60% uchun 15 million evro

Czyan Lichjan sport biznesidagi tajribali shaxslardan biridir. Uning “Desports” kompaniyasi 2004 yildan buyon sport marketingligi bilan shug'ullanadi, Czyan esa sport klublariga faol ravishda sarmoya kiritib turadi. U “Minnesota” akciyalarining 5%iga egalik qiladi. SHuningdek, u Ispaniyaning “Granada” klubiga ham egalik qiladi. Ispaniya klubiga kelganiga atigi bir yil bo'lgan Lichjan sport sohasidagi sarmoyalarini yanada kengaytirishni istadi va “Parma”ga investiciya kiritdi. Yana ikki oydan keyin esa ona yurtida ham o'z klubiga ega bo'ldi.

Yangi xo'jayinning kelishi bilan “Parma”ning B Seriyadagi ishtiroki ijobiy natija bilan yakunlandi. Joriy mavsum jamoa hech bir qiyinchiliksiz elitadagi o'rnini saqlab qola oldi. Lekin Lichjanning klubdagi ulushi 30%gacha qisqardi. O'sha payt akciyaning 60%i mahalliy italyan biznesmenlar, 10%i muxlislar qo'lida edi.

“Milan” 
"Elliott Management Corporation" (AQSH)
2018 yil
99% uchun 415 million evro

“Milan”dagi vaziyat — haqiqiy detektiv. Mashhur klub ham xitoylik sarmoyadorlar qo'lida bo'lgan edi. Ular klubni Silvio Berluskonidan 740 million evro evaziga sotib olgandilar. Ammo osiyolik investorlar futbol klubi boshqaruvining ahmoqona ko'rinishini namoyon qilishdi.

Asosiy muammo ular mablag'ni foydasiz transferlarga sarflab, moliyaviy feyr pleyni noto'g'ri taqsimlaganliklari uchun klub faoliyatini to'xtatishiga sababchi bo'lishlariga bir bahya qoldi.  Eng yomoni o'sha pullarning bir qismi kreditga olingandi. Qolaversa, o'shanda menejerlar qarzni qaytaradigan ahvolda emasdilar. Oxir-oqibat, Amerika kompaniyasi “Elliott Management Corporation” (kredit bergan tashkilot) klub xo'jayiniga aylandi. Qizig'i shundaki, firma boshlig'i — Pol Singer Londonning "Arsenal" klubiga muxlislik qiladi. Ammo taqdir tuhfasi bilan u Italiya klubi egasi bo'ldi. 

“Milan” 2018/19 yilgi mavsumni CHempionlar Ligasidan bir pog'ona pastdagi o'rin bilan tamomladi. Ushbu musobaqada ishtirok etish klubning moliyaviy jihati uchun juda muhim edi. Endi bor umid bosh murabbiylik lavozimini yaqindagina egallagan Marko Jampaolodan... 

“Fiorentina”
Rokko Komisso (AQSH)
2019 yil
98% uchun 165 million evro 

SHonli tarixga ega yana bir klub — hozirda biroz qiyin davrni boshdan o'tkazmoqda. Ular klub xo'jayinini bir kundayoq o'zgartirib yuborgan edi. Rokko Komisso — asl kelib chiqishi italyan bo'lgan amerikalik biznesmendir. SHuningdek, u Amerikadagi beshinchi yirik telekommunikacion kompaniyaga ham egalik qiladi. Komisso 2017 yil “Nyu-York Kosmos” xo'jayini bo'lib, sport loyihasini birinchilardan bo'lib tashkil qildi. Bu klub MLSda o'ynamaydi, ammo ajoyib tarixga ega. Axir jamoada Pele, Bekenbauer, Neskens va Raul kabi futbolchilar to'p tepgan. Aytgancha, braziliyalik futbol qiroli hozirda klubda faxriy prezident lavozimida ish olib bormoqda.

Komisso Florenciya klubini sotib olish orqali 2002 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan Della Valle hukmronligiga chek qo'ydi. Bunga asosiy sabab, Valle kasodga uchragani va klub to'rtinchi divizionga tushib ketgani edi. Hozirda top-klublar ko'z tikkan Federiko Kezani sotish orqali sarflangan mablag'ni qoplash mumkin. Biroq Komisso o'yinchi kamida yana bir mavsum “fialkalar” safida qolishini malum qildi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика