So’nggi yangiliklar

06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  0 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  6 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  1 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  8 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0

A Seriya. 3 ta penalti, 2 ta qizil va 5 ta gol - "Yuventus" kurashni davom ettiradi Yangiliklar

A Seriya. 3 ta penalti, 2 ta qizil va 5 ta gol - "Yuventus" kurashni davom ettiradi

Italiya chempionati 37-turidan o'rin olgan markaziy bahs bo'lib o'tdi.

"Yuventus" - "Inter" 3:2
Gollar
: 1:0 – 24 Ronaldu, 1:1 – 35, penalti Lukaku, 2:1 – 45 Kuadrado, 2:2 – 83, avtogol Kellini, 3:2 – 88, penalti Kuadrado.

"Yuventus" – SHensni, Danilo, Aleks Sandro, Kellini, de Ligt, Rabo, Kuadrado, Kulusevski (Makkenni, 58), Bentankur, Keza (Demiral, 70), Ronaldu (Morata, 70).

"Inter" – Xandanovich, Xakimi, SHkrinyar, Bastoni (Vesino, 80), Darmian (Perishich, 46), Eriksen (Sensi, 73), Barella, Brozovich, de Vrey, Martines, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Kulusevski (13), Bentankur (20), Darmian (23), Martines (74), Bastoni (77), Kellini (85), Brozovich (88), Kuadrado (90).

CHetlatishlar: Bentankur (55), Brozovich (90).


Juventus

Cristiano Ronaldo - 24', Juan Cuadrado - 45', Juan Cuadrado - 88'

Serie A . 37-tur

15/05/2021, 21:00

2
:
3
Tugadi

Inter

Romelu Lukaku - 35', Giorgio Chiellini - 83'

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Gianpaolo Calvarese

45'
90'
13'  Dejan Kulusevski
20'  Rodrigo Bentancur
24'  Cristiano Ronaldo
24'  Cristiano Ronaldo
45'  Juan Cuadrado
55'  Rodrigo Bentancur
57'  Dejan Kulusevski (Weston McKennie)
70'  Cristiano Ronaldo (Alvaro Morata)
70'  Federico Chiesa (Merih Demiral)
85'  Giorgio Chiellini
88'  Juan Cuadrado
90'  Juan Cuadrado
23'  Matteo Darmian
35'  Romelu Lukaku
46'  Matteo Darmian (Ivan Perisic)
73'  Christian Eriksen (Stefano Sensi)
74'  Lautaro Martinez
77'  Alessandro Bastoni
80'  Alessandro Bastoni (Matias Vecino)
83'  Giorgio Chiellini
88'  Marcelo Brozovic
90'  Marcelo Brozovic


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


90+4-daqiqa. O'yindagi so'nggi epizod, burchak to'pi va uzatmadan keyin jarima maydonchasiga etib kelgan Samir Xandanovich ham, sheriklari ham to'pga eta olishmadi. Mateys De Ligt to'pni uzoqlashtirgach, hakamning final hushtagi chalindi. 

90+2-daqiqa. CHETLATISH! Qarshi hujumga qochib ketayotgan Kuadradoni yiqitgani uchun Marselo Brozovich ikkinchi sariq va qizil kartochkani ishlab oldi.  

90-daqiqa. Daxshatli o'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

Voqealar shu qadar ko'pki, o'yin tempi juda oshib ketdi va bazi vaziyatlarda ortda qolib ketmaslik biroz qiyin bo'lmoqda. 

88-daqiqa. Ogohlantirish! Qo'shimchasiga, ko'p gapirib yuborgani uchun Marselo Brozovich sariq kartochka ishlab oldi. 

88-daqiqa. GOOOOOOL! Kuadradoning o'zi penaltini aniq amalga oshirdi.

Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas, "Yuventus" penalti ishlamoqda. 

Takroriy lavhani ko'rgach, hakam barchasi qoida asosida bo'lgani va hujumdagilar qo'pollik ishlatmagani hamda gol hisoblanganini elon qildi. 

83-daqiqa. GOOOOOL! Biroq hakam shoshmaslikni so'ramoqda. Lukaku va Jorjo Kellini o'rtasida kurash kechgan vaziyatda kim qoidani buzgani qiziq...  

82-daqiqa. Xavfli vaziyat! Voycex SHensi Vesinoning bosh bilan bergan zarbasidan keyin jamoasini muqarrar goldan qutqardi. 

81-daqiqa. "Inter" bosimni davom ettirmoqda. Mezbonlar futbolchilari esa uyalmay, tortinmay to'pni to'g'ri kelgan tomonga qaytarish bilan ovvora. 

80-daqiqa. O'zgarish! Hozirgina ogohlantirilgan himoyachi Bastoni uchun o'yin yakunlandi. Uning o'rnini Matias Vesino egalladi. 

78-daqiqa. Ogohlantirish! Alessandro Bastoni qoidani buzgani uchun ogohlantirildi. 

75-daqiqa. Ivan Perishich to'pni jarima maydoni ichida sherigidan qabul qildi va darhol zarba berdi, lekin juda kuchli chiqqan zarba, shu qadar noaniq bo'ldi. 

74-daqiqa. Ogohlantirish! Lautaro Martines ham maydonni kartochkasiz tark etmaydigan bo'ldi.  

73-daqiqa. O'zgarish! Kristian Eriksen o'rniga Stefano Sensi maydonga tushirildi. 

72-daqiqa. "Yuventus" to'pni biroz bo'lsada o'z nazoratida ushlab turib, raqibni tinchlantirishga harakat qilmoqda.  

70-daqiqa. O'zgarish! Ronaldu o'rniga Morata, Federiko Keza o'rniga esa Merix Demiral tushirildi. Pirlo hujumkor futbolchi o'rniga himoyachini maydonga tushirdi. 

67-daqiqa. "Inter" 5-4-1 taktik sxemaga o'tib olgan va oldinroqda faqatgina Ronaldu qolib, qolgan barcha himoyalanishda faollik ko'rsatayotgan jamoa darvozasiga yo'l topa olmayapti. 

65-daqiqa. GOOOOOL! Lautaro Martines chalqancha uslubda zarba yo'llab, raqib darvozasini ishg'ol etdi, lekin bosh hakam sal avvalroq Lukaku Kelliniga nisbatan qo'pollik ishlatgan deb topdi. 

61-daqiqa. "Inter" raqibini deyarli butun tarkib bo'lib himoyalanishga majbur qilmoqda. 

58-daqiqa. O'zgarish! Deyan Kulushevski o'rniga Ueston Makkenni o'yinga qo'shildi.   

55-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Rodrigo Bentankur Lukakuga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ikkinchi sariq kartochkasini "ishlab" oldi. 

51-daqiqa. Xavfli vaziyat! Lautaro Martinesning zarbasidan keyin to'p darvoza to'sinini "silab" o'tib ketdi.  

49-daqiqa. Birinchi bo'limda raqiblarini uchirib yurgan Mateys De Ligtni o'zini Ashraf Hakimi "uchirib" yubordi. Hakamlar marokashlik futbolchi o'yin qoidasini buzgan deb topishdi.  

47-daqiqa. Endi ustunlik "Inter" tomoniga o'tgandek. Aynan Konte shogirdlari bo'limni faolroq boshlashdi va raqib himoyasining zaif nuqtasini izlashmoqda. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni Romelu Lukaku boshlab berdi. 

Faolroq bo'lgan va ko'proq hujum, xavfli vaziyat yaratishga harakat qilgan mezbonlar qo'shib berilgan so'nggi daqiqaning oxirgi soniyalarida gol urib, tanaffusga 2:1 hisobida oldinda chiqib ketishni uddalashdi.   

45+3-daqiqa. GOOOOOOL! Xuan Kuadrodan "pushka" va yana "Yuventus" oldinda. 

45+1-daqiqa. Adrien Rabo bosh bilan zarba berdi, lekin kuchsiz uchib kelayotgan to'pni Samir Xandanovich egallab oldi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

43-daqiqa. "Yuventus" navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin xavfli vaziyat ham sal qolsa turinliklar darvozasi oldida yuzaga kelardi, lekin qarshi hujumga qochib ketayotgan Ashraf to'pni vaqtida sherigi Barellaga oshirmadi, oqibatda raqib himoyachilari barchasini yo'qqa chiqarishdi.   

41-daqiqa. Hujumga qo'shilgan Danilo jarima maydoni ichidan zarba yo'llashga erishdi, lekin urinishi qovushmadi va himoyachi ortga qaytishga majbur. 

38-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pni himoyachilarga yordamga kelgan Lukaku qaytarib yubordi. 

36-daqiqa. Muvozanat tiklandi. Bu "Yuve" yana hujumga borishga majbur degani. 

35-daqiqa. GOOOOOOL! Romelu Lukaku mavsumdagi navbatdagi golini urdi. Belgiyalik futbolchi darvozabonga umuman imkon qoldirmadi. 

34-daqiqa. PENALTI! Yana "VAR" va yana penalti... Takroriy vaziyatda aniq ko'rindiki himoyachi raqibi oyog'ini bosib olgan.  

33-daqiqa. Lautaro yana De Ligt o'ziga nisbatan qoida buzganiga etiborni qaratish uchun maydonga qulab tushdi, farqi bu safar u jarima maydonchasi ichida yiqildi. 

31-daqiqa. "Yuventus"ning uzoq davom etgan hujumi noaniq zarba bilan yakunlandi. 

29-daqiqa. Mateys De Ligt to'pga qo'shib Lautaro Martinesni ham maydondan chiqarib tashladi. 

27-daqiqa. "Inter" principial raqibga qarshi o'yinda mag'lub bo'lishni istamasligi turgan gap va shu sabab buyog'iga Konte jamoasi ham jonlanishini kutish o'rinli.

24-daqiqa. GOOOOOOL! Nuqtaga Ronaldu yaqinlashdi va uning birinchi urinishini Xandanovich qaytargan bo'lsada, Krishtianu ikkinchi harakat bilan hisobni ochdi.  

23-daqiqa. PENALTI! "VAR" yordamida takroriy lavhani ko'rgach, hakam o'n bir metrlik jarima zarbasi belgiladi.  

20-daqiqa. Ogohlantirish! Potencial xavfli hujumni uzib qo'ygani uchun Rodrigo Bentankur ogohlantirildi.  

20-daqiqa. Jamoasining qarshi hujumni boshlayotgan Lautaro Martinesga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

Uzatmadan keyin ish zarbagacha etib bormadi va mezbonlar to'pni uzoqlashtirishdi. 

15-daqiqa. "Inter" ilk bor katta kuch bilan oldinga o'tdi va Darmian burchak to'pi ishlab oldi.  

13-daqiqa. Ogohlantirish! Yana fol va hakam Kulushevskiga sariq kartochka ko'rsatdi. SHveciyalik futbolchi to'pga ulgurmay, Ashraf Hakimining oyog'ini bosib oldi. 

12-daqiqa. Markazda Lukakuga nisbatan qoida buzildi. 

Standart vaziyatdan uzatma amalga oshirildi, havodagi kurashda Federiko Keza barchadan ustun keldi, lekin zarbasi aniq chiqmadi.

11-daqiqa. Xavfli vaziyat! Kulushevskining jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini SHkrinyar boshi bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasi.  

9-daqiqa. Kuadroda jarima zarbasidan to'pni jarima maydonchasi ichiga etib borgan Kelliniga etkazishga urindi, ammo Samir Xandanovich dadil harakat bilan to'pni ushlab oldi. 

7-daqiqa. O'yinning dastlabki daqiqalari kutilganidek ancha ehtiyotkor va sokin ruhda kechmoqda. Mezbonlarning xato qilishga haqqi yo'q. 

3-daqiqa. Ha, chempionlikni rasmiylashtirib bo'lgan "Inter"ning shoshadigan joyi yo'q. Bir vaqtlar "Yuve" bilan chempionlikni qo'lga kiritgan Antonio Kontening bugungi shogirdlari turinliklar gegemonligiga nuqta qo'yishdi.  

Bugun ochkolarga ko'proq muxtoj bo'lgan "Yuventus" birinchi hujumni uyushtirishga urinib ko'rdi, lekin yon hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 


"Yuventus" – "Inter"

21.00, "Alyanc Stedium"

"Yuventus" – SHesni, Danilo, Aleks Sandro, Kellini, de Ligt, Rabo, Kuadrado, Kulusevski, Bentankur, Keza, Ronaldu.

"Inter" – Xandanovich, Xakimi, SHkrinyar, Bastoni, Darmian, Eriksen, Barella, Brozovich, de Vrey, Martines, Lukaku.

Juventus

Cristiano Ronaldo - 24', Juan Cuadrado - 45', Juan Cuadrado - 88'

Serie A . 37-tur

15/05/2021, 21:00

2
:
3
Tugadi

Inter

Romelu Lukaku - 35', Giorgio Chiellini - 83'

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Gianpaolo Calvarese

45'
90'
13'  Dejan Kulusevski
20'  Rodrigo Bentancur
24'  Cristiano Ronaldo
24'  Cristiano Ronaldo
45'  Juan Cuadrado
55'  Rodrigo Bentancur
57'  Dejan Kulusevski (Weston McKennie)
70'  Cristiano Ronaldo (Alvaro Morata)
70'  Federico Chiesa (Merih Demiral)
85'  Giorgio Chiellini
88'  Juan Cuadrado
90'  Juan Cuadrado
23'  Matteo Darmian
35'  Romelu Lukaku
46'  Matteo Darmian (Ivan Perisic)
73'  Christian Eriksen (Stefano Sensi)
74'  Lautaro Martinez
77'  Alessandro Bastoni
80'  Alessandro Bastoni (Matias Vecino)
83'  Giorgio Chiellini
88'  Marcelo Brozovic
90'  Marcelo Brozovic

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика