So’nggi yangiliklar

18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  0 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  2 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  10 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  5 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  2 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  1 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  8 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  21 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  3 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  17 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  20 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  9 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3

A Seriya. Eldor SHomurodov penalti ishlab bergan o'yinda "Roma" durang o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. Eldor SHomurodov penalti ishlab bergan o'yinda "Roma" durang o'ynadi

Italiya chempionati 29-turi doirasidagi bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Udineze – Roma 1:1

22.00, «Friuli»

Gollar: Molina (15, 1:0), Pellegrini (90+4-pen, 1:1).

Udineze – Silvestri, Molina, Mari, Rodrigo Bekao, Peres (Zegelar, 82), Udodji, Yayalo, Pereyra, Makengo, Deulofeu, Betu.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Veretu, 73), Smolling, Manchini (Karles Peres, 85), Rojer, Zalevski (Afena-Gyan, 65), Serjiu Oliveyra (El-SHaaravi, 46), Kristante, Pellegrini, Dzanolo, Abraxam (SHomurodov, 65).

Ogohlantirish: Deulofeu (26), Afena-Gyan (70), Makengo (86), Ibanes (88), Bekao (90+2).

Udinese

Nahuel Molina - 15'

Serie A . 29-tur

13/03/2022, 22:00

1
:
1
Tugadi

Roma

Lorenzo Pellegrini - 90'

Stadion: Dacia Arena - Stadio Friuli, 15114 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Di Bello

45'
90'
15'  Nahuel Molina
26'  Gerard Deulofeu
82'  Nehuen Perez (Marvin Zeegelaar)
86'  Jean-Victor Makengo
87'  Gerard Deulofeu (Ignacio Pussetto)
87'  Jean-Victor Makengo (Lazar Samardzic)
90'  Rodrigo Becao
46'  Sergio Oliveira (Stephan El Shaarawy)
65'  Nicola Zalewski (Felix Afena-Gyan)
65'  Tammy Abraham (Eldor Shomurodov)
70'  Felix Afena-Gyan
73'  Rick Karsdorp (Jordan Veretout)
85'  Gianluca Mancini (Carles Perez)
88'  Roger Ibanez
90'  Lorenzo Pellegrini

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Roma" so'nggi daqiqalarda Eldor SHomurodovning ishlagan penaltisi evaziga durang qayd etdi.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! PELLEGRINIIIII!!! Hisob tenglashdi!

90+3. PENALTIIIIIIII!!! SHomurodov penalti ishladi. U to'pni ko'kragi bilan to'xtatgandan keyin Zegelar to'pni qo'li bilan o'ynadi.

90. UXXXXXXX!! "Udineze" hujumga o'tdi. Samarjich Patrisiu bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Patrisiu to'pni oyog'i bilan qaytardi.

88. Endi esa Ibanes sariq kartochka oldi.

86. "Roma"ning hujumini to'xtatib qolgani uchun Makengo ogohlantirildi.

84. UXXXXX!!! SHomurodov to'pni egallab olib, uzoq masofani bosib o'tdi va kuchsiz zarba yo'lladi.

80. "Udineze" himoyachisi jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

75. ZARBAAAAAAAAA!!! "Roma" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ketma ket zarbalarni himoyachilar qaytarishdi.

73. ZARBAAAAAAA!! Kristantening zarbasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

70. Hozirgina maydonga tushgan Afena-Gyan sariq kartochka oldi.

67. ZARBAAAAAA!!! Afena-Gyanning zarbasi noaniq ketdi.

65. Nihoyat, SHomurodov maydonga tushdi! U Abraxamni almashtirdi

62. "Udineze" yana hujumga o'tdi. Qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga yo'llaydigan uzun bo'yli futbolchi topilmadi.

58. UXXXXXX!! Deulofeu "Roma" jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi. Ammo raqibni aldab o'tish chog'ida to'p uning oyog'iga tegib, maydonni tark etdi.

55. ZARBAAAAAAAAA!!! MAKENGOOOO!!! "Udineze"ning ajoyib hujumi golga aylanishi mumkin edi. Zarba noaniq.

48. "Roma" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni himoyachilar markazga chiqarib yuborishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. O'yin tempi juda past. "Roma" hujum qilmayapti.

38. ZARBAAAAAAAA!!! Yana bir super gol ko'rishimiz mumkin edi!! Uzoq masofadan yo'llangan zarbani avvaliga Patrisiuning qo'li, keyinchalik, darvoza ustuni qaytardi.

32. Abraxamning zarbasini posbon ushlab oldi.

26. UXXXXXX!!! Deulofeu "Roma" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ammo u simulyaciya uchun sariq kartochka oldi.

23. "Roma"da jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Ammo Zalevskining oshirgan to'pini Silvestri ushlab oldi.

20. "Roma" qarshi hujumga o'tishi mumkin edi. Zanioloning jarima maydonchasi tomon oshirgan to'pini himoyachilar autga chiqarib yuborishdi.

15. GOOOOOOOOLLLLL!!! MOLINAAAAA!! Super gol!

15. ZARBAAAAAA!! Molinaning kuchli zarbasini Ruy Patrisiu qaytardi!

11. "Roma" qarshi hujumga o'tib ketdi. Abraxamning zarbasi noaniq ketdi.

10. UXXXXXXX!!! Uchrashuvda golga tortadigan ilk vaziyat sodir bo'ldi. "Roma" himoyasidagi pala-partishlikdan Pereyra darvozabon bilan birga bir holatga chiqib ketdi. Ammo uning zarbasi noaniq ketdi.

7. Deulofeu o'ng qanotdan "Roma" jarima maydonchasi tomon to'pni oshirdi. Portugaliyalik posbon yana bir marta to'pni ushlab oldi.

4. "Udineze" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Ammo himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

2. Mezbonlar o'yinni unchalik xavfli bo'lmagan zarba bilan boshlashdi. Patrisiu to'pni ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bir necha daqiqalardan so'ng "Friuli"da "Udineze" - "Roma" uchrashuvi start oladi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика