So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

"Milan" - chempion! Yangiliklar

"Milan" - chempion!

Italiya chempionati 38-turi doirasidagi bellashuvning matnli translyaciyasini kuzatib bordingiz.

Sassuolo – Milan 0:3

21.00, «CHitta-del-Trikolore»

Gol: Jiru (17, 0:1), Leau (32, 0:2), Kesse (36, 0:3).

Sassuolo – Konsili, Myuldyur, Ayxan, Ferrari, Kiryakopulos, Lopes (Manyanelli, 46), Frattezi (Traore, 58), Mateus Enrike, Berardi (Defrel, 68), Skamakka, Raspadori.

Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori, Kalulu, Ernandes, Krunich (Braim Dias, 72), Kessie, Salemakers (Florenci, 81), Tonali (Bennaser, 46), Jiru (Ibragimovich, 72), Rafael Leau.

Ogohlantirish: Tonali (34), Lopes (37), Kiryakopulos (53).

Sassuolo

Serie A . 38-tur

22/05/2022, 22:00

3
:
0
Tugadi

AC Milan

Olivier Giroud - 17', Olivier Giroud - 32', Franck Kessie - 36'

Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 21500 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
37'  Maxime Lopez
46'  Maxime Lopez (Francesco Magnanelli)
53'  Giorgos Kyriakopoulos
58'  Davide Frattesi (Hamed Traore)
67'  Domenico Berardi (Gregoire Defrel)
82'  Gian Marco Ferrari (Federico Peluso)
83'  Andrea Consigli (Giacomo Satalino)
17'  Olivier Giroud
17'  Rafael Leao
32'  Olivier Giroud
32'  Rafael Leao
34'  Sandro Tonali
36'  Franck Kessie
36'  Rafael Leao
46'  Sandro Tonali (Ismael Bennacer)
72'  Olivier Giroud (Zlatan Ibrahimovic)
72'  Rade Krunic (Brahim Diaz)
78'  Zlatan Ibrahimovic
81'  Alexis Saelemaekers (Alessandro Florenzi)
81'  Fikayo Tomori (Alessio Romagnoli)

YANGILASH

Bemalol baqirishingiz mumkin, "MILAN" - CHEMPION! Rasman! "Milan"ning uzoq yillik muxlislarini tabriklaymiz! 11 yillik chempionlik har yilgi chempionlikdan ko'ra shirinroq! Tabriklar! Ham "Siti" ham "Milan" muxlislarini tabriklaymiz!

"Milan"ni qo'shib berilgan 2 daqiqa chempionlikdan ajratib turibdi.

90. ZARBAAAAAAAA!!! Kalabriyaning zarbasini darvozabon qaytardi.

86. ZARBAAAAA!! "Sassuolo" ikki marta zarba berdi. Ilk zarbani darvozabon, keyingisini to'sin qaytardi.

11 yil! So'nggi chempionlikka 11 yil bo'ldi. "Milan" boshqa klublardan farqli ravishda chempionlikka katta pul sarflamasdan, top-yulduz olib kelmasdan, top-murabbiysiz chempionlikka erishdi. Klub uzoq yil qiynaldi, hammasiga chidab, hammasiga sabr qilib, shu kunlarga etishdi. Klub uzoq yillik qiynalishlarni shunday chempionlik evaziga, shunday ajoyib kunlar evaziga unutib yuborishi aniq. Bu "Milan"ning kelajagi yuqori, hali bu "Milan" ko'p narsalarga qodir!

78. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! YO'O'O'O'O'QQQQ!! Zlatan uchrashuvdagi golini urgandi. Ammo golga assist bo'lgan Leau offsaydda qolib ketgan ekan.

75. "Milan" yana hujumga o'tdi. Salemakersning zarbasini himoyachilar qaytardi.

72. CHempionlikka yaqin qolganda Pioli asosiy futbolchilarini sovrinni nishonlash uchun zaxiraga olmoqda.

65. "Milan" burchak zarbasiga ega bo'ldi va undan oshirilgan to'pni darvozabon ushlab oldi.

60. "Milan" to'rtinchi golga yaqin edi. Ammo Leauning pasini darvozaga kiritadigan biror futbolchi topilmadi.

56. Maydon markazidan to'p hujumdagi Berardi tomon oshirildi. Ammo to'p darvozabonga borib tushdi.

52. "Sassuolo" hujumga o'tdi. Qanotdan oshirilgan to'pga Berardi chalqanchasiga zarba yo'lladi. Noaniq.

50. Berardi chap oyog'ida zarba yo'lladi. Biroq to'p anchagina yuqoridan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+3. "Milan" tanaffusga 4 gol farqi bilan chiqib ketishi mumkin edi. Ammo Leau bu safar gol urishni istamadi.

Taymga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. MENYAYAYAYAYAYAYAYANNNNNNNNN!!! SUPER MEGA SEYV!

40. UXXXXXXX!!! Leauning o'zi gol urishni istagandi. Ammo buni darvozabon istamadi.

36. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Bugun to'xtatib bo'lmas "Milan"ni to'xtatib bo'lmaydi! DAXSHAT! SUPER! KESSE! Leaudan uchinchi assist!

34. Tonali ogohlantirildi.

32. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! JIRUUUUUUUUU!!!! DUBL!!!! LEAUdan IKKINCHI SUPER ASSIST!

30. "Sassuolo" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Biroq undan oshirilgan to'pga berilgan zarba darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

25. Menyanni bugun birinchi marta TVda ko'rdik. U sariq formada o'ynayotgan ekan. Men uni qaergadir ketdi deb o'ylabman)

22. ZARBAAAAAAA!!!! FANTASTIK O'YIN!!! "Sassuolo" futbolchilari superqahramonlar kabi kurashmoqda! To'p darvozaga kirgisi kelmayapti!

21. ZARBAAAAAAAA!! Tonalining kuchli va ajoyib zarbasini Konsili burchakka chiqarib yubordi.

17. GOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! JIRUUUUUUUUU!!!! LEAUdan SUPER ASSIST!! Bugun "Milan" yonmoqda, bugun "Milan" jangovar o'ynamoqda!


16. "Milan" buchrak zarbasiga ega bo'ldi. Teoning oshirgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

12. NIMALAR BO'LYAPTI!!! Leauning zarbasini darvozabon ushlay olmadi, Jiru esa to'pni jamoadoshiga oshirmoqchi bo'ldi, biroq zarba beradigan odam topilmadi.

9. NIMAAAAAAA!!!! Salemakers birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi!

9. ZARBAAAAAAAAA!!!! Burchakdan uzatilgan to'pga kimdir boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozaga kirib ketayotgan to'pni himoyachi qaytardi!

8. ZARBAAAAAAAAA!!! NIMALAR BO'LYAPTIIIII!!! Leau ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi.

7. ZARBAAAAAAAA!!! Teoning jarimadan oshirgan to'piga Jiru boshi bilan zarba yo'lladi. Konsili jamoasini goldan saqlab qoldi!

6. Bahsdagi ilk zarba Berardi tomonidan berildi. To'p darvozaning anchagina yuqorisidan o'tib ketdi.

2. Bahsni milanliklar hujumkor boshladi. Biroq burchak zarbasidan naf chiqarib bo'lmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Milan" chempionlik o'yinida "Sassuolo" maydoniga safar qilmoqda. Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda!

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика