So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  6 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

A Seriya. Prevyu: Aka-uka Indzagilar "jangi" yoxud "Inter" uyda "Napoli"ni chempionlik poygasidan chiqarib yuboradimi? Yangiliklar

A Seriya. Prevyu: Aka-uka Indzagilar "jangi" yoxud "Inter" uyda "Napoli"ni chempionlik poygasidan chiqarib yuboradimi?

Bugun Italiya CHempionatida 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Frozinone" — "Milan"

"Rossonerilar"ning o'yini qovushmayapti. Qatorasiga uch turdan buyon g'alaba yoqda tursin, Gattuzo shogirdlari gol ham ura olishmayapti. Jennaroning o'zi jamoa malum bir inqiroz davrini boshidan o'tkazayotgani, qo'shimchasiga jarohatlar bosh og'riq bo'layotganini takidladi.  Mahalliy OAV oldindagi ikki o'yin Gattuzo uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini va murabbiy xaydalmasligi uchun jamoa faqat g'alaba qozonishi zarur. Ammo jamoa g'alaba qozonishi qiyin bo'lmoqda, boz ustiga safarda: 8 o'yinda bor yo'g'i 2 g'alaba. Safarda milanliklar faqat "Sassuolo" (4:1) va "Udineze" (1:0)ni taslim qila olgan.

"Kanareykalar" yangi murabbiy qo'l ostida birinchi uchrashuvni o'tkazib ulgurishdi. Eslatib o'tamiz, Marko Baroni jamoani Moreno Longo tark etgach qo'lga oldi. Birgina uchrashuvda murabbiy ishiga baho berish mushkul, lekin umumiy kartina o'zgarganini sezish uchun kuchli mutaxassis bo'lish shart emasdi. Mehmonda "Udineze"ga qarshi o'yinda jamoa 6 bor zarba berdi, raqib esa bor yo'g'i 1 marta. Vaziyatlardan foydalanish koefficienti hali pastroq bo'lishi mumkin, lekin bu to'g'rilasa bo'ladigan kamchilik nazarimizda. O'sha o'yin "Frozinone" foydasiga hal bo'lmagani qaysidir manoda "Udineze"ning omadi kelganiga ham bog'liq - 1:1. Hozircha "Frozinone" musobaqa jadvalining quyi pog'onalarida, aniqrog'i, 19-o'rinni egallab turibdi. O'z maydonida "kanareyka"lar hali g'alaba nashidasini surishga ulgurishmadi, so'nggi 8 o'yinda 4 durang va 4 mag'lubiyat.

"Milan"ning hozirgi holatidan kelib chiqsak, mehmonlarga oson bo'lmasligi aniq. "Frozinone" haqida hali aniq biror nima deyishga ertaroq. Murabbiy o'zgardi va bu safar jamoa qanday harakat qilishini oldindan aytishning iloji yo'q.

"Atalanta" — "Yuventus"

Gasperini shogirdlari so'nggi 5 tur mobaynida ikki marotaba turnir jadvalida o'zidan keyingi pog'onadagi jamoalar "Empoli" (2:3) va "Jenoa"ga (3:1) mag'lub bo'ldi. SHuningdek, klub "Napoli" (1:2) bilan bo'lgan uchrashuvda ham engilgandi. Biroq raqibining ancha kuchli bo'lganini ham takidlab o'tish lozim. Uyda bo'lib o'tgan uchrashuvlar haqida so'z yuritadigan bo'lsak, Gasperini jamoasi jiddiy raqiblar bo'lmish "Lacio" va "Inter"dan ustun kelishga muvaffaq bo'lgandi. "Atalanta" barqaror o'yin ko'rsata olmayapti va shu sabab muntazam ravishda ijobiy natijalar qayd etib bo'lmayapti. Buni "Inter"ni engib, keyin "Empoli"ga g'alabani boy berib qo'yganlaridan ham tushunish qiyin emas.

Turinliklarni bugungi Italiyaning eng yaxshi klubi desak adashmaymiz. "Keksa sinora" o'tgan turda hech qanday qiyinchiliksiz Rimning "Roma"sini (1:0) mag'lub etdi. Jamoa 17 tur mobaynida atigi bir marotaba durang o'ynadi va umuman mag'lub bo'lmadi. Oldindagi ikki o'yinni hisobga olmasak ham, shubhasiz, "Yuventus" — A Seriyaning qishki chempioni bo'lishi aniq. Allegri shogirdlari so'nggi 5ta o'yinda to'p o'tkazib yubormadi va 8 marotaba gol urishga muvaffaq bo'ldi. Malumotlarga qaraganda, navbatdagi o'yinda tarkibda o'zgarish bo'ladi — jamoaning asosiy yulduzi Krishtinu Ronaldu zaxirada qoladi. SHuningdek, Federiko Bernardeski, Xuan Kuadrado va Joau Kanselu ham maydonga tushmaydi. "Yuve" uch ochko olishi shart. Biroq so'nggi bazi omadsizliklarga qaramay, Bergamo jamoasi bor kuchi bilan raqibiga qarshilik qilishi aniq.

"Bolonya" — "Lacio"

Bolonya jamoasi o'zi uchun biroz qiyin mavsumni boshidan o'tkazmoqda. Bazi paytlarda jamoa bunday holatdan chiqib ketadigandek tuyuladi, lekin natijalar buning aksini aytib turadi. So'nggi 10 ta o'yinda jamoa bir marta ham g'alaba qozonolmadi. Gollar soni esa bor yo'g'i 13 tani tashkil qilmoqda (uyda 9 ta) va bu borada ular faqatgina "Frozinone"dan (12) oldinda borishmoqda. Jamoa uyda "Roma" (2:0) va "Udineze" (2:1)ni mag'lub etdi. Hozirda "Bolonya" 18 o'rinni egallab turibdi va elitadan chiqib ketishi ham hech gap emas.

"Burgutlar" esa 5ta o'yinda g'alaba qozona olmaganlaridan keyin va nihoyat, "Kalyari"ni (3:1) mag'lub etib bu noxush annaga nuqta qo'ydilar. Inzagi shogirdlari safardagi o'yinlarda qiyinchilik bilan g'alabaga erishmoqdalar: 8 ta o'yinda 3 ta, so'nggi 5 ta bahsda esa atigi 1 ta g'alaba. SHuningdek, mudofaa chizig'i bilan bog'liq jiddiy muammo ham mavjud.

Bugun aka-ukalar uchruvi bo'lib o'tadi, yani "Lacio" bosh murabbiyi Simone Indzagi “Bolonya”ga boshchilik qilayotgan akasi Filippo Inzagi bilan uchrashadi. Qiziqarli o'yin bo'lishi tabiiy. Qoniqarsiz natijalarga boy seriyaga qaramay, “Bolonya” o'zidan yuqoridagi jamoalarni mag'lub etishga usta. Axir “qizil-ko'klar” "Roma", "Milan", "Torino" va “Fiorentina"dan ochko olib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Bu safar ularning omadi kelarmikin? 

“Fiorentina” — “Parma”

"Fiorentina" o'tgan tur mehmonda birinchi g'alabaga erishishga muvaffaq bo'ldi va bu "Milan"ga (1:0) qarshi bahs edi. Florenciyaliklar uyda o'ziga ishonch bilan o'ynasa ham, "Yuventus"ga engildi. Muammolar hal etilayotgan bo'lsa-da, Poli jamoasi so'nggi 5ta uchrashuvda atigi 7 marotaba gol urdi.

"Parma" qator omadli o'yinlardan so'ng biroz charchagan chog'i, yana quyi o'rinlarga qarab ketmoqda. Oxirgi bahsda ular "Sampdoriya"ga (0:2) mag'lub bo'ldi. Jamoa 4 ta o'yindan beri  g'alaba qozona olmayapti. Bu mavsum safarda o'tayotgan bahslar "parmezanlar" uchun qiyinchilik tug'dirmoqda: 5ta mag'lubiyat va 3ta g'alaba. Poli jamoasi bugungi uchrashuvda favorit hisoblanadi. Sababi uydagi omadli o'yinlar borasida jamoa eng yaxshi 5 talikka kirgan.

"Roma" — "Sassuolo"

“Bo'rilar”yana mag'lub bo'ldi, bu safar "Yuventus"dan (0:1). Birinchi davra ishlar “o'xshamadi” desak bo'laveradi. Oxirgi besh o'yinda birgina g'alaba –  “Jenoa” ustidan (3:2). O'sha besh o'yinda “Roma” urganidan ko'proq gol o'tkazib yubordi - 8 gol (!). Jarohatlar jamoani qiynashda davom etmoqda. Bo'lajak o'yinda “Roma” sardori Daniele De Rossi o'ynamasligi aniq bo'lib ulgurdi, Lorenco Pellegrini va El-SHaaravining maydonga tushish yoki tusha olmasligi esa so'roq ostida.

“Sassuolo” oxirgi o'yinlarda aksincha, o'z o'yinini topgandek. So'nggi bellashuv “Torino”ga qarshi kechdi va o'yin 1:1 hisobida yakun topdi. Bungacha jamoa “Frozinone”ni (2:0) taslim etgandi. SHu o'rinda, eng sermahsul o'yinlardan biri bo'lgan “Fiorentina” bilan (3:3) bellashuvni ham yoddan chiqarmaslik zarur. Mehmonlar musobaqa jadvalida sakkizinchi o'rinni band etib turishibdi, ular “Roma”dan bor yo'g'i bir ochko ko'proq to'plashgan. Ammo maydonda futbolchilar ko'rsatayotgan o'yinni hisobga oladigan bo'lsak, rimliklardan ancha ishonchli harakatlarni ko'rish mumkin.

Ota o'g'liga qarshi. Ha, “Roma” ustozi Federiko Di Francheskoning farzandi “Sassuolo” sharafini himoya qiladi va albatta gol urishga, o'xshab qolsa, g'alabani olib ketishga bor kuchi bilan harakat qiladi. “Roma"ning ushbu mavsumda ko'rsatayotgan o'yinlariga qarar ekansiz, “Olimpiko”dan ochko olib ketish i ilojsiz emasligini tushunib etasiz. So'nggi 5 uchrashuvda “Sassuolo” to'rt marta durangga erishgan va bittagina o'yin Rim jamoasi foydasiga hal bo'lgan.

"Inter" — "Napoli"

Turning markaziy o'yinida "neradzurrilar" o'z uylarida "Napoli"ni qabul qiladilar. Oxirgi o'yinlar milanliklar uchun oson o'tayotgani yo'q, principial raqib "Yuventus"ga uchrashuv boy berildi, CHempionlar Ligasidan jamoa chiqib ketdi, autsayder "Kevo" bilan durang, shuningdek "ketmoni uchmayotgan" "Udineze" ustidan o'z maydonidagi minimal hisobdagi (1:0) g'alaba. Spaletti jamoasi uchun qatorasiga ikkinchi mavsum qish og'ir kelioqda.

Neapolliklar oxirgi ikki o'yinda ikkita qiyin g'alabani qo'lga kiritdilar. Bittasi "Kalyari" (1:0) bilan uchrashuvning so'nggi daqiqalaridagi gol evaziga, shuningdek o'z uyida "SPAL"ga qarshi o'yinda (1:0). Anchelotti jamoasi chempionlik kurashidagi intrigani biroz bo'lsada ushlab turishga harakat qilishmoqda. "Yuve" hamon 8 ochko oldinda, lekin Papa ota shogirdlari uchinchi o'rindan ham shuncha masofaga uzoqlashib oldilar.

Bu o'yin "Napoli"ni Skudetto uchun kurashdan chiqarib yuborishi mumkin. Agar jamoa mag'lub bo'lsa, "Yuventus" eng yaqin taqibchidan 11 ochkoga ilgarilab ketadi. "Keksa sinora"dan 11 ochko ortda qolish esa bu juda ko'p degani. "Napoli" Milandagi o'yinlarda ko'pincha qiynaladi. Misol uchun bu erdagi oxirgi 6 uchrashuvda bor yo'g'i 1 g'ala, yana uchta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan bo'lsa, "Inter" hisobida ikkita g'alaba mavjud. Bo'lajak o'yinda mehmonlarni kichik ustunlikka ega desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi Anchelotti jamoasi nisbatan qiziqarli va natija beradigan o'yin namoyish qilmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика