A Seriya klublari FIFAning ruxsatiga qaramasdan RPLdagi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamaslikka kelishishdi
23 mar 2022 00:20
Yangiliklar


A Seriya klublari FIFAning ruxsatiga qaramasdan RPLdagi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamaslikka kelishishdi
Rossiyada o'ynayotgan futbolchilar uchun yana bir yomon xabar.
A Seriya klublari o'zaro kelishuvga erishishdi. Ular FIFAning ruxsatiga qaramasdan shu paytga qadar RPLda o'ynab kelgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashmaydi. Bu qaror liganing yaxlitligini ko'rsatuvchi belgi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, A Seriya bunday qarorga kelgan yagona chempionat emas. Avvalroq, Bundesliga klublari ham aynan shunday kelishuvga erishishgandi.
Malumot uchun, klublar Rossiya chempionatida o'ynab, o'z shartnomasini bekor qilgan o'yinchilarni 7 aprelga qadar ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar