So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  5 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  36 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

A Seriya. "Jenoa" o'z maydonida kichik hisobda g'alaba qozondi, SHomurodov 77 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. "Jenoa" o'z maydonida kichik hisobda g'alaba qozondi, SHomurodov 77 daqiqa o'ynadi

Italiya chempionati 19-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Jenoa – Kalyari 1:0 

«Luiji Ferraris»

Gol: Destro 10'

Jenoa – Perin, Krishito, Zappakosta, Masello, CHiborra (Ongene, 56), Strotman (Bexrami, 63), Radovanovich, Badel, Zayc (Melegoni, 77), Destro (Pandev, 63), SHomurodov (Pyaca, 77).

Kalyari – Krano, Likoyannis, Godin, Zappa, CHeppitelli, Dankan (Sottil, 70), Nainggolan, Marin, Nandes, Joao Pedro, Simeone (CHerri, 70).

Ogohlantirishlar: Destro (18), Nandes (20), Zappa (85). 


Bahs yakunlandi.  SHomurodov 77 daqiqa o'ynagan bahsda "Jenoa" g'alabaga erishdi. Barchani tabriklaymiz!  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. "Kalyari" tinimsiz hujum uyushtirmoqda. Oxirgi vaziyatda CHerrining bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

90. Zarba!  CHerrining qulay holatdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.  

87. Nandesning havolatib uzatgan to'pini Perin egallab oldi. 

85. Melegoniga nisbatan qoidani buzgan Zappa ogohlantirildi. 

84. Uuuux!  "Jenoa" qarshi hujumga o'tdi, Pyaca Zappakostani ajoyib pas bilan taminladi, himoyachining zarbasini Krano qaytardi, qaytgan to'pga ega chiqqan tajribali Pandev esa to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'yaman deb unumli vaziyatdan foydalana olmadi.

83. Krishito o'ng qanotda Sottilni yiqitdi, standart vaziyat. 

81. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 43% - 57% 

79. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Pyaca adlamchi harakatlarni amalga oshirmoqchi bo'ldi, ammo to'pdan ayrildi. 

77. "Jenoa"da 2 ta almashtirish: SHomurodov o'rniga Pyaca, Zayc o'rniga Melegoni o'yinni davom ettiradi. 

76. Eldor SHomurodovda hammasi joyida, u maydonga qaytdi, biroq o'zgirtirilish ehtimoli katta. 

74. Xavotirli holat, SHomurodovga tibbiy yordam ko'rsatiladi. 

71. "Jenoa" qarshi hujum uyushtirdi, SHomurodov bosh bilan Zayc tomon pas berdi, uning qulay vaziyatdan yo'llagan zarbasi esa bloklab qo'yildi. 

70. "Kalyari"da 2 ta o'zgarish: Simeone o'rniga CHerri, Dunkan o'rniga Sottil o'yinga qo'shildi. 

68. Bugungi o'yinda juda faol o'ynayotgan mehmonlar sardori Joao Pedro burchak to'ri ishladi. 

65. SHomurodov bir raqibni aldab, oldinga bordi va Pandev bilan "devor" uslubida o'ynadi, keyin esa hamyurtimizning zarbasi himoyachiga tegdi.  

63. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Destro o'rniga Pandev, Strotman o'rniga Bexrami tushirildi.   

62. Joao Pedro hujumda Radovanovichga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam qoida buzish qayd qildi. 

60. Zarba!  Dunkan ijrosidagi zarba ancha noaniq ketdi. 

58. Zarba!  Nainggolanning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

57. "Kalyari o'yinchisi pas berishda adashdi, to'p SHomurodovga etib keldi, u esa raqib o'yinchilari qarshsida qoldi va ortga pas berdi. 

56. "Jenoa"da o'zgarish: CHiborra o'rniga Ongene tushdi. 

53. Zarba!  Nandesning zarbasi!  Perin o'z o'rnida!

52. Alfred Dunkan ichkargi xavfli uzatmani qayd etdi. Himoyachilar to'pni darvozadan uzoqlashtirishdi.

50. Destro to'pni yo'qotdi, keyingi vaziyatda Badel Nandesga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

48. Zarba!  Destro hujumdagi sherigi SHomurodov tezlik olganini ko'rdi va pas berdi, hamyurtimizning zarbasini Krano ushlab oldi.

47. Dunkan chap qanotga Likoyannisga pas berdi, u esa to'pni maydonda olib qolishga ulgurmadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

43. Zarba!  Uuux! SHomurodov yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi. 

41. Zarba!  Zappakostaning zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

40. "Kalyari" tezkor qarshi hujumga o'tdi, Pedro va Simeonening harakatlaridan keyin Masello o'z jamoasi joniga ora kirdi.

38. Dahshatli seyv!  Periiiiin!   Simeonening yaiqn masofadan yo'llagan zarbasini italiyalik posbon qaytardi va "Jenoa"ni qutqardi. Qoyil! 

35. Zarbaaa!  Nainggolanning zarbasi kuchli, ammo sal noaniq ko'rinish oldi, zarba ideal chiqishi uchun gol etishmadi... 

33. Nainggolan o'ng qanotda fallik ko'rsatdi, biroq yakunda to'pni yo'qotdi, alohida aytish kerakki, Rajaning tezligi hali ham yuqori darajada. 

31. Xavfli vaziyat!  Marinning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng CHeppitelli bosh bilan zarba berdi, sal noaniq. 

30. Zappakostaning havodan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi, to'p SHomurodovga qadar etib kelmadi. 

28. Nainggolan ichariga pas uzatdi, ammo mezbonlar himoya qo'rg'oni vakillari xavfni bartaraf etishdi. 

26. Zappakosta o'ng qanotdan oldinga intildi va to'pni ichkariga oshirishga urindi, biroq himoyachi bunga yo'l qo'ymadi. 

24. Joao Pedro Badelga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

21. CHap qanotda Destroga nisbatan qo'pollik ishlatildi, jarima zarbasini Zayc ijro etdi, ichkarida esa Destro ofsaydda qolib ketdi.  

20. Bu gal Destroga nisbatan qo'pol o'ynagan Nandes ogohlantirildi. 

18. Destro Joao Pedroga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

16. Masello yaqin masofadan juda noaniq zarba yo'lladi. 

15. CHiborradan uzatmasi va Destroning zarbasidan so'ng CHeppitelli to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

13. Zappakosta Likoyannisga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi. 

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Destro!  SHomurodov bir himoyachini aldab, Strotmanga pas berdi, u esa Destroni to'p bilan taminladi va hujumchi darvozani ishg'ol etdi – 1:0! 

7. Likoyannis burchak to'pini o'yinga kiritdi, Godin va Nainggolan faollik ko'rsatdi. 

6. Joao Pedro "Jenoa" jarima maydoni ichida xavfli holat sodir etdi, Masello o'z jamoasi foydasiga harakat qilib, to'pni maydondan chiqarish yuborishga xizmat qildi. 

4. Strotmandan Destroga ajoyib uzatma etib keldi, biroq forvard to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va oldirdi. 

2. O'yindagi dastlabki burchak zarbasini "Jenoa" amalga oshirdi, hozircha samarasiz. 

1. O'yinga start berildi! 

O'yinoldi suratlar

Tarkiblar malum

- O'yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 19-turida hamyurtimiz to'p tepadigan "Jenoa" klubi o'z maydonida "Kalyari"ni mehmon qiladi.  Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика