So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  2 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  4 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

A Seriya. Markaziy uchrashuvda "Inter"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

A Seriya. Markaziy uchrashuvda "Inter"ning qo'li baland keldi

Italiya chempionati 18-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Inter – Yuventus 2:0 

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar: Vidal 13', Barella 52'

Inter – Xandanovich, Yang (Darmian, 72), Bastoni, de Vrey, Xakimi, Barella, Brozovich, Vidal (Galyardini, 77), SHkrinyar, Lukaku, Martines (Sanches, 86).

Yuventus – SHensni, Kellini, Frabotta (Bernardeski, 52), Danilo, Bonuchchi, Remzi (Kulusevski, 58), Bentankur, Rabo (Makkenni, 58), Keza, Morata, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (36), Yang (60), Morata (62), Barella (67). 


Bahs yakunlandi. "Inter" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+3. Bentankur Galyardiniga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. 

90+1. Zarbaaa!  Xakimi o'ng qanotdan darvozaga yaqinlashib keldi va kuchli zarba ijro etdi, noaniq. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Kellini Lukaku bilan kurashda fol ishlatdi. 

87. Uuuxx!  Kezadan kuchli zarba!  Xandanovichdan qoyilmaqom seyv! 

86. "Inter"da o'zgarish: Martines o'rniga Sanches o'yinin tugatib qo'yadi. 

85. Keza hujumdagi missiyani o'z bo'yniga oldi, ammo o'zini o'zi aldagan holda to'pdan ayrildi. 

83. Makkenni Lukakuga nisbatan qoidani buzdi. 

81. Danilo Kulusevskini oldinga boshladi, u to'pni ichkariga oshirdi, de Vrey Moratani ortda qolirib, to'pni uzoqlashtirdi. 

77. "Inter"da almashtirish: Vidal o'rniga Galyardini maydonga tushdi. 

76. Arturo Vidal maydonda yotibdi, ungi tibbiy yordam namoyish etilmoqda. 

74. Kellini Ronaldu tomon pas uzatdi, biroq Krishtianu o'yindan tashqari holatda qolgani qayd etildi. 

72. "Inter"da o'zgarish: Yang o'rniga Darmian o'yinga qo'shildi.

71. Uuuuxx!  Lauturo Martines Kellinini chalg'itib, o'tkir burchak tomon zarba berdi, sal noaniq. 

68. Xakimi o'ng qanotda to'pni qabul qldi, birga-bir vaziyatda Bernardeskini aldashga urindi, ammo "Yuventus" vakili raqibiga yo'l bermadi.

67. Barella Kelliniga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

65. Morata chamasi 11 mterdan bosh bilan kuchsiz va noaniq zarba yo'lladi.

64. Zarba!  Lukaku Brozovich tomon qulay pas berdi, xorvatiyalikning zarbasiga esa ozgina aniqlik etishmadi.

62. Morata Bastoniga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

61. Zarba!  Makkennining bosh bilan bergan zarbasini Xandanovich ushlab oldi. 

60. Yang sariq kartochka oldi. U Ronalduning oyog'iga tepgandi.

58. "Yuventus"da 3 ta o'zgarish: Remzi o'rniga Kulusevski, Rabo o'rniga Makkenni, Frabotta o'rniga Bernardeski tushirildi. 

56. Frabotta jarohat olib maydonda yotibdi, ketta ehtmol bilan u o'yinni davom ettira olmaydi. 

54. Keza Vidalga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. 

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bastonining qoyilmaqom uzatmasidan keyin Barella birga-bir holatga chiqib bordi va darvozani ishg'ol etdi – 2:0!   

49. Lukaku o'ng qanotda Kellini bilan kurash olib bordi, shundan so'ng to'pni narigi qanotga uzatmoqchi bo'ldi, biroq Rabo to'pni olib qo'ydi.

47. Bentankur to'pni o'ng qanotga Morata tomon yo'naltirdi, Bastoni ishonch bilan harakatlandi va "Yuventus" hujumchisiga imkoniyat qoldirmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+2. Kellini Lukakuni yiqitdi va hakam qoida buzish qayd etdi. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Barella chililik sherigi Arturoga pas berdi, uning zarbasi esa osmon-u falakka yo'naltirildi.   

43. Kellini va Lukaku kurash olib bordi, Lukaku qoidani buzdi. 

41. Zarba!  "Inter"dan yana bir keskin hujum, Barellaning zarbasi xavfli chiqdi, biroq darvozabon o'z o'rnida!  Bundan oldinroq SHensni va Lukaku o'zaro to'qnashib ketishdi, hujumchiga tibbiy yordam ko'rsatildi.  

38. "Inter" tezkor hujum uyushtirdi, Barella o'ng qanot orqali ichkariga kirib bordi, Lukakuga pas... uning zarbasini esa darvozabon ushlab oldi.   

36. Bonuchchi Martinesga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

35. Danilo Martinesga nisbatan qoidani buzdi. 

33. Zarba!  Ronalduning olis masofadan chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.  

32. Zarba!  Lukaku faollik namoyish etib, kurashga kirishdi, "Yuve" himoyachilarining qarshiligidan so'ng to'p Lautaroga etib keldi, uning zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.  

29. Remzi o'ngdan ichkariga pas uzatdi, Morata de Vreyni ortda qoldirib, bosh bilan Ronalduni to'p bilan taminlashni istadi, ammo Xakimi bunga qarshilik qildi.

28. Frabotta bilan to'qnashgan Barellaga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

27. Remzi chap qanotdan havolatib pas berdi, to'p markazdagi Ronalduga qadar etib bormadi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.  

26. Vidal Ronalduga nisbatan juda qo'pol o'ynadi, standart vaziyat.  

23. Zarbaaaa!  Lukakuning aylantirma zarbasini SHensni qaytardi! Ajoyib seyv!  Posbondan qaytgan to'pga Lautaro ega chiqdi va ancha noaniq zarbani ijro etdi. 

21. Martines chap qanotga o'tdi va Yangdan pas qabul qildi. Keyingi holatda xorvatiyalik o'yinchi Brozovichning zarbasi o'zi xohlagandek chiqmadi.  

19. Yang chap qanotda burchak to'pi ishladi.  U Brozovich bilan o'ynadi, uning ichkariga tepgan to'pini sa SHensni ilib oldi. 

18. Barella Lukakuni pas bilan taminladi, Romelu esa to'pni sal orqaroqqa Brozovichga uzatdi, uning zarbasi yo'liga Kellini to'g'anoq bo'ldi. 

16. Ronaldu-Morata kombinaciyasi Alvaroning noaniq harakati tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 

15. Zarbaaa!  Arturo Vidal bu gal ham faollik ko'rsatdi, ammo zarbasi o'xshamadi. 

15. "Inter" gol urganidan so'ng muxlislarni bayramni boshlab yuborishdi va stadoni tashqarisida mushakbozlik uyushtirishmoqda. 

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Vidal!   Barellaning uzatmasidan keyin Arturo bosh bilan gol urdi – 1:0! 

11. Raboning zarbasini Xandanovich qaytardi, undan so'ng Ronaldu gol urdi, biroq Keza ofsaydda qolgani tufayli gol bekor qilindi.  

9. Frabotta chapdan hujumga qo'shildi, u Remzidan to'pni qabul qilib oldi va sherigiga pas berishga urindi, Xakimi to'pni egallab oldi.  

7. Zarbaaa!  Brozovichning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

6. Bonuchchi Xakimiga nisbatan qoidani buzdi va jarima belgilandi. 

5. Morataning Ronaldu tomon ichkariga uzatgan pasini SHkrinyar qaytarishga erishdi. 

4. "Inter" bosim o'tkazish orqali to'pni egallab oldi va o'zida saqlab turibdi. 

3. Kuadrado koronavirusga chalingani bois o'ng qanotda Keza harakatlanmoqda. De Ligt xuddi shu sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. CHap qanot himoyasida Frabotta o'ynaydi, sababi Sandroda ham kasallik aniqlangan. 

1. O'yin boshlandi! 

- O'yin boshlanishi mushakbozlik tufayli sal kechikdi. 

- Diqqat qilamiz, futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

CHigil yozdi mashg'ulotdan suratlar

Tarkiblar 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 18-turining Markaziy uchrashuvida "Inter" "Yuventus" bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birga kuzatib boramiz.  

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика